Kontent qismiga oʻtish

Koziruniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Isʼhoq Ibrohim Shahriyor Koziruniy (963 – Fors–1035y.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi, muhaddis. Bobolari zardushtiylik diniga eʼtiqod qilishgan. Oʻn besh yoshida Qurʼoni karimni toʻliq yod olib, Abu Abdulloh Xafif Sheroziyning muridi – Muhammad Akkor oldida tasavvufdan taʼlim olgan. Koziruniya tariqatining asoschisi. Uning hayoti “Firdavs ul-murshidiya” manoqibida yoritilgan.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.