Kozim Ibrohimovich Eminov (1928.24.5, Alushta, Qrim Respublikasi — 1976.1.5, Toshkent) — rang-tasvir ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1972). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1953) va Toshkent pedagogika instituti (1968)ni tugatgan. 1968 yildan Toshkent pedagogika institutining Badiiy grafika fakultetida dars bergan, 1975 yildan dotsentabr E. tarixiy, maishiy va manzara janrlarida asarlar yaratgan; his-tuygʻularga boy romantik manzaralari bilan tanilgan: "Bahor suvi", "Yoz", "Chimyon etaklari", "Angren", "Sementchi ayollar" va boshqalar Asarlari muzeylarda, shaxsiy toʻplamlar va galereyalarda saqlanadi.[1]