Koysan tillari
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Koysan tillari - Afrika tillarining katta oilasi. Janubiy Afrika, Namibiya, Jan.-sharqiy Angola va Tanzaniyada tarqalgan. Koysan tillari gottentot va boʻshmen tillariga boʻlinadi. Bu tillarning kelib chiqishida oʻxshashliklar va koʻpgina farqlar mavjud. Har 2 guruh tillarda agglyutinatsiya xususiyati mavjud. Koysan tillari undosh tovushlarga juda boy, unli fonemalar soni 5 tadan oshmaydi.
Otlar son va rod kategoriyasiga ega. Feʼllar mustaqil qoʻshimchalar yordamida tuslanadi va olmoshdan keyin qoʻyiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |