Kotonu
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kotonu — Beninning jan. qismidagi shahar. Atlantika provinsiyasining maʼmuriy markazi. Mamlakatning boshqaruv va hukumat muassasalari K.da joylashgan. Aholisi 536 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Gvineya qoʻltigʻidagi port (palma magʻzi va moyi, kopra, kofe, paxta eksport qilinadi). Temir yoʻl stansiyasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Yogʻoch qayta ishlanadi. Hunarmandchilikda yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan, savat toʻqiladi. Issiqlik elektr st-yasi, botanika bogʻi, Benin muzeyi, shahardan 15 km shim.da universitet bor. Shaharga 19-asrning 1-yarmida asos solingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |