Kotib chalabiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kotib chalabiy, Hoji Xalifa (asli ismi Mustafo ibn Abdulloh; 1609, Istanbul - 1657.24.7) -turk geografi, tarixchisi. Yevropada Hoji Xalifa taxallusi bilan mashhur boʻlgan. Dastlabki ilmni otasi Iso Xalifa al-Qrimiydan olgan. Keyinchalik boshqa olimlardan tarix, ilmi nujum, geogr. va mat. fanlarini oʻzlashtirgan. 1622-yildan saroyda kotiblik qilgan. 1627—35 yillarda harbiy yurishlarda qatnashgan. 1643-yildan saroyda muhosib ishlari bilan shugʻullangan. K. Ch. tarixiy "Taqvim ut-tavorix" ("Tarixlar taqvimi"), dengiz janglari tarixi toʻgʻrisida "Tuhfat ul-kibor fi asfor il-bihor" ("Dengiz yurishlari haqida ulugʻlarga tuhfa"), tarixiy-geo-grafik "Jahonnamo" ("Jahon koʻzgusi"), bibliografik "Kashf uz-zunun" hamda moliya masalalariga oid asarlar muallifi. "Jahonnamo" toʻplamida boshqa xalqlap tarixi, etnografiyasi, geografiyasi, shuningdek, topografiya va toponimikaga oid qiziqarli maʼlumotlar berilgan. Muallif bu asarni yozishda Sharq olimlarining bizgacha yetib kelmagan koʻpgina asarlaridan foydalangan. Asarda hozirgi Oʻrta Osiyo hududiga qariyb 2 bob ajratilgan. Unda Oʻrta Osiyo geografiyasi, xalqlarining tarixiga oid maʼlumotlar bor. "Jahonnamo" da K.Ch. birinchi boʻlib yevropalik va Sharq olimlarining mamlakatlar haqidagi maʼlumotlarini qiyoslagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil