Kostarikanlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kostarikanlar - xalq, Kosta-Rikaning asosiy aholisi. Umumiy soni 3 mln. kishidan ortiq (1990-yillar oʻrtalari), shundan 2,9 mln. kishi Kosta-Rikada. AQSH (25 ming kishi) da, Mar-kaziy Amerika mamlakatlarida ham yashaydi. K.ning aholisi, xususan, Ispaniyadan kelganlarning avlodi hamda bir qismi — metislar, negrlar va mulatlardan iborat. K. ispan tilining kostarika lahjasida soʻzlashadi. Dindorlari — katoliklar va protestantlar. K., asosan, dehqonchilikda band boʻlib, kofe, banan, kakao, shakarqamish oʻstirish va fermerlik bilan shugʻullanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil