Koshif Mirpoʻlatov
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Koshif Ishoqovich Mirpoʻlatov (1898- Toshkent — 1991) — entomolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1970), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1969). Oʻrta Osiyo paxtachilik institutini tugatgan (1934). SoyuzNI-XI oʻsimliklarni himoya qilish stansiyasida ilmiy xodim, direktor (1937— 57), Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish instituti direktori (1957—62), laboratoriya mudiri (1963—70), maslahatchi (1970-yildan). Gʻoʻza va beda kasalliklari hamda zararkunandalariga qarshi kimyoviy yoʻl bilan kurashishda ishlatiladigan purkagichning birinchi konstruksiyasini yaratgan. Ilmiy ishlari qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunadalari va ularga karshi kurashish usullariga bagʻishlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |