Kontent qismiga oʻtish

Kornel Pyer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kornel Pyer
Tavalludi 6-iyun 1606[1]
Vafoti 1-oktyabr 1684[1]
Fuqaroligi Kingdom of France

KORNEL (Corneille) Pyer (1606.6.6, Ruan — 1684.1.10, Parij) — fransuz dramaturgi, klassitsizmning asoschilaridan biri. Fransiya akademiyasining aʼzosi (1647-yildan). Ijodining dastlabki davrida ("Melita", "Beva" va boshqalar) komediyalar yozgan (1969-36). "Sid" (1637), "Medeya" (1639), "Goratsiya" (1641) kabi tragediyalari mashhur. K. bu asarlarini yaratishda antik davr ijodkorlari asarlariga, shuningdek, muayyan tarixiy voqealar hamda tarixiy shaxslar faoliyatiga tayangan. Bundan tashqari, K. "Yinna yoki Avgust marhamati" (1643), "Pompeyning ulimi" (1644), "Iraqliy yoki Sharq sultoni" (1647), "Edip" (1659), "Otton" (1665), "Attila — xunnlar shohi" (1667), "Tit va Berenika" (1677) va boshqa dramalar muallifi. Asarlarida fransuz klassitsizmi yaxlit holida namoyon boʻlgan. Dramaturgiya toʻgʻrisida "Muqokama" (1660) nomli ilmiy-nazariy asar ham yozgan.[2]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil