Kork
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kork — Irlandiya janubidagi shahar. Kork qoʻltigʻi yaqinida joylashgan. Yirik dengiz porti, temir yoʻl tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 180 ming kishi (1996), aholisining soni boʻyicha Dublinpan keyin 2-oʻrinda. Mamlakatning muhim sanoat markazi. Sanoat korxonalarining asosiy qismi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo va kema remonti korxonalari mavjud. Shahar yaqinida Irlandiyada yagona metallurgiya zavodi qurilgan, sohilda tabiiy gaz olinadi. Un-t kolleji, muzeylar bor. Shaharga 6-asr oxirlarida asos solingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- corkcity.ie — Kork rasmiy veb-sayti
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |