Korfu protokoli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Korfu protokoli (yunoncha:grekcha: Πρωτόκολλο της Κέρκυρας ,albancha: Protokolli i Korfuzit) — Korfu orolida 1914-yil 17-mayda Albaniya va Shimoliy Epir rasmiy vakillari tomonidan imzolangan shartnoma.

Tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar Korfu orolida boʻlib oʻtgan. Buning natijasida 1914-yil 17-mayda Albaniya va Shimoliy Epir vakillari „Korfu protokoli“ deb nomlanuvchi shartnomani imzolagan. Uning shartlariga koʻra, ikki viloyat, Korchi va Gjirokastra, Alban knyazi Vidning nominal suvereniteti ostida toʻliq muxtoriyat (korpus separatum)ni qoʻlga kiritdi[1]. Albaniya hukumati mahalliy aholi fikridan kelib chiqib, gubernatorlar va yuqori mansabdor shaxslarni tayinlash hamda lavozimidan ozod etish huquqiga ega boʻldi. Kelishuvning boshqa muhim bandlari quyidagilar edi: mahalliy aholi vakillarini hududiy jandarmeriyaga mutanosib ravishda jalb qilish va mahalliy boʻlmaganlardan tarkib topgan harbiy otryadlarning mintaqada boʻlishini taqiqlash. Pravoslav maktabida birinchi uch sinfdan tashqari sinflarda yunon tili yagona taʼlim tili boʻlishi kerak. Rasmiy sohada ham yunon tili ham alban tiliga tenglashtirildi. Himareda Usmoniylar davridagi imtiyozlar tiklandi. Bu yerda „kapitan“ (hukmdor) sifatida chet el fuqarosi 10-yilga tayinlanar edi[2].

Protokol bandlarini amalga oshirish va unga rioya qilish Xalqaro nazorat komissiyasiga, shuningdek, mintaqadagi davlat boshqaruvi tashkilotlari hamda adliya va moliya boshqarmalariga yuklatildi[3]. Mahalliy jandarmeriyani tashkil etish va ularni tayyorlash Niderlandiya zobitlari tomonidan amalga oshirilishi kerak edi[4].

Shartnoma buyuk Davlatlar vakillarining 18-iyunda Afinada boʻlib oʻtgan yigʻilishida ratifikatsiya qilingan. Albaniya hukumati 23-iyunda imzolagan[5]. Delvinda boʻlib oʻtgan Epirus Taʼsis Assambleyasi ham, garchi Himara delegatlari norozilik bildirib, faqat Gretsiya bilan ittifoq hayotiy yechimni taʼminlay oladi, degan fikrni ilgari surgan boʻlsa-da[6] protokol shartlarini maʼqulladi. Iyul oyi boshida Tepelena va Korche (8-iyul) shaharlari Shimoliy Epir muvaqqat hukumati nazoratiga oʻtdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ruches 1965: 91
  2. Miller 1966:520
  3. Stickney 1924:49
  4. Boeckh 1996 116
  5. Stickney 1924:50
  6. Kondis:132-133