Koreya boʻgʻozi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koreya boʻgʻozi — Koreya yarim oroli bilan Yaponiya arxipelagi oraligʻida. Yapon dengizini Sharqiy Xitoy dengizi bilan bogʻlab turadi. Kengligi 180 km, oʻz. 324 km, eng sayoz joyining chuqurligi farvaterida 73 m. Susima o.lari boʻgʻozni ikkiga ajratib turadi. Boʻgʻoz orqali xalqaro ahamiyatga ega dengiz yoʻllari oʻtgan. 1904—05 yillardagi Rossiya — Yaponiya urushi vaqtida Koreya boʻgʻozida Susima jangi (1905) boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil