Koreya Respublikasi aholisi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aholi soni 2008-yil 1-yanvar kuniga nisbatan 49,2 mln. kishini tashkil etgan, u past sur'atlarda (0,4%) o'smoqda. Aholining o'rtacha zichligi 1 km.kv. ga, deyarli 500 kishiga teng. Koreyaning etnik tarkibi boy emas. Mamlakatda oz miqdorda xitoylar mavjud. Tug'ilish koefitsiyenti 12,6, o'lim koeffitsienti 3,8 promillega teng. Janubiy Koreyada urbanizatsiya darajasi 88% dan ziyod. Yirik shaharlar qatoriga Seul (10,4 mln.),(Tegu 2,3 mln.),Inchxon (1,9 mln.), Kvanchju (1,2 mln.),Tedjon (1,1 mln.), Ulsan va Suvon kiradi.