Kordaitdoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kordaitdoshlar (Cordaitaceae) — ochiq urugʻli oʻsimliklar. Boʻyi baland (30 m cha), tanasi uchidan shoxlagan, bargi nashtarsimon, yirik (15—100 sm). Toʻpguli bir jinsli, bargaksimon. Hozir yoʻq boʻlib ketgan, qazilma holda karbon va perm davri qatlamlarida uchraydi. Oʻzbekiston hududidagi Qurama, Turkiston, Olay, Hisor, Qoramozor, Chatqol togʻlaridan 5 turi qazib olingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil