Kopeni chaatasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kopeni chaatasi (haqascha chaatas — jang toshi) — haqaslarning ajdodi Yenisey qirgʻizlarining mozorqoʻrgʻoni (7—8-asrlar). Yeniseyning soʻl sohili, Haqasiya (RF)dagi Kopeni qishlogʻi yaqinidan topilgan. Koyatosh boʻlaqlaridan ishlangan, diametri 20– 30 m keladigan bir qator qoʻrgʻonlardan tashqil topgan. Ularda qabila zodagonlari dafn etilgan; tevarak-atrofida oddiy qabila aʼzolarining qabrlari joylashgan. 1939—40 yillarda L.A.Yevtyuxova va S.V.Kiselev kazishma ishlari olib borganlar. Mayyitlar kuydirib dafn etilgan; qabrlar qad. zamonlarda va 18-asr boshida gʻorat qilinib talangan. Biroq qazishmalar paytida qabrlar yonidan xufiya joylar aniqlanib ulardan ajoyib sanʼat asarlari, jumladan, oltin idish, kumush tovoqda turgan 4 ta oltin koʻza, ot egarining ov manzarasi aks ettirilgan jez toʻqachalari topilgan. 2 oltin koʻzada qad. urxun-yenisey alifbosida bitilgan yozuvlar boʻlib, unga koʻra koʻzalar fuqarolarning bekka toʻlagan soliklari oʻrnini bosgan. K.Ch. buyumlari qad. mahalliy anʼanalar asosida mahalliy ustalar tomonidan yaratilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil