Konus nurli (Panoramik) kompyuter tomografiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Konus nurli kompyuter tomografiyasi
</img>
Konus nurli (panomarik) kompyuter tomografiyasi
MeSH D054894

Konus nurli kompyuter tomografiyasi (yoki (KNKT), shuningdek, C-arm CT, konusning nurli hajmli KT, tekis panelli KT yoki Digital Volume Tomography (DVT) deb ham ataladi) rentgen nurlari konus hosil qilib tarqaladigan rentgen kompyuter tomografiyasidan iborat tibbiy tasvirlash usulidir.

KNKT implant stomatologiya, otolaringologiya, ortopediya va interventsion radiologiyada (IR) va boshqa yo'nalishlarda davolashni rejalashtirish va tashxislashda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday texnologiyalarning qo'llansh imkoniyati ortib borayotganligi sababli, KNKT skanerlari stomatologiyada, masalan, og'iz jarrohligi, endodontiya va ortodontiya sohalarida keng foydalanilmoqda. shuningdek integratsiyalashgan KNKT vizual nazorat ostidagi radiatsion davolashda bemorning joylashishini aniqlash va tekshirish uchun muhim vositadir.

Tish/ortodontik tasvirlash vaqtida KNKT skaner bemorning boshi atrofida aylanadi va 600 ga yaqin aniq tasvirlarni oladi. Interventsion radiologiya tekshirilayotgan soha konusning ko'rish maydoniga to'g'ri kelishi uchun bemor stolga siljigan holda joylashtiriladi. Tekshirilayotgan soha bo'ylab 200 daraja burchak ostida bir aylanishida hajmli ma'lumotlar to'plamini oladi. Skanerlash dasturi maxsus dasturiy ta'minot yordamida manipulyatsiya va vizualizatsiya qilish mumkin bo'lgan anatomik ma'lumotlarning uch o'lchovli voksellaridan tashkil topgan raqamli hajmni ishlab chiqargan hoolda ma'lumotlarni to'playdi va uni qayta tiklaydi. [1] [2] KNKT an'anaviy (yelpig'ich nuri) KT bilan juda ko'p o'xshashliklarga ega, ammo muhim farqlar mavjud, ayniqsa rekonstruksiyada. KNKT og'iz va jag'-yuz sohasini tasvirlash uchun oltin standart sifatida tavsiflangan.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Og'iz bo'shlig'i va jag'-yuz radiologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

KNKT prinsipi.

1990-yillarning oxirida yaponiyalik doktor Yoshinoro Arai va italiyalik doktor Piero Mozzo bir-biridan mustaqil ravishda og'iz bo'shlig'i va jag'-yuz radiologiyasi uchun konus nurli kompyuter texnologiyasini ishlab chiqdilar. [3] Birinchi tijoriy tizim (NewTom 9000) Italiyaning Quantitative Radiology kompaniyasi tomonidan Yevropa bozorida 1996 yilda va AQSh bozoriga 2001 yilda kiritilgan. [1] [4]

Radioterapiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chiziqli tezlatgichni davolash apparatiga biriktirilgan kilovotli rentgen nurlari (davolash maqsadlaridan ko'ra diagnostikada ko'proq foydalaniladi) yordamida konus nurli KTni birinchi marta 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida ishlab chiqilgan. [5] Shundan keyin bunday tizimlar so'nggi avlod cihiziqli tezlatkichlari keng tarqaldi. [6] 2010-yillarning oxirida KNKT ham zarrachalar bilan davolashni yetkazib berish tizimlariga aylana boshladi. [7]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Hatcher DC (October 2010). "Operational principles for cone-beam computed tomography". Journal of the American Dental Association 141 (Suppl 3): 3S–6S. doi:10.14219/jada.archive.2010.0359. PMID 20884933.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Hatch" defined multiple times with different content
  2. "C-arm cone-beam CT: general principles and technical considerations for use in interventional radiology". Journal of Vascular and Interventional Radiology 19 (6): 814–20. June 2008. doi:10.1016/j.jvir.2008.02.002. PMID 18503894. 
  3. Venkatesh, Elluru; Elluru, Snehal Venkatesh (2017-12-02). "Cone beam computed tomography: basics and applications in dentistry". Journal of Istanbul University Faculty of Dentistry 51 (3 Suppl 1): S102–S121. doi:10.17096/jiufd.00289. ISSN 2149-2352. PMID 29354314. PMC 5750833. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5750833. 
  4. Molteni, R „Oral and Maxillofacial Radiology“,. Comprehensive Biomedical Physics (en) Budinger: . Amsterdam: Elsevier, 2014 — 112 bet. ISBN 9780444536327. 
  5. Thwaites, David I; Tuohy, John B (2006-07-07). "Back to the future: the history and development of the clinical linear accelerator". Physics in Medicine and Biology 51 (13): R343–R362. doi:10.1088/0031-9155/51/13/R20. PMID 16790912. https://www.sprmn.pt/pdf/pmb6_13_r20_LINACs_(Thwaites&Tuohy).pdf. 
  6. Shepherd, Justin (2014). "Applications of linac-mounted kilovoltage Cone-beam Computed Tomography in modern radiation therapy: A review". Polish Journal of Radiology 79: 181–193. doi:10.12659/PJR.890745. PMID 25006356. PMC 4085117. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4085117. 
  7. Herrmann, H.; Seppenwoolde, Y.; Georg, D.; Widder, J. (December 2019). "Image guidance: past and future of radiotherapy". Der Radiologe 59 (S1): 21–27. doi:10.1007/s00117-019-0573-y. PMID 31346650. PMC 6914710. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6914710. 

Andoza:Medical imaging