Kontent qismiga oʻtish

Kontrastlik (fotografiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kontrastlik (fotografiyada) — fotoqogʻozdagi eng yorugʻ (och) va eng qorongʻi (toʻq) joylarning yorqinlik xossalari nisbati boʻyicha oq-qora fototasvirlarning tavsifi. Oq-qora tasvirda K. qorayishning eng katta va eng kichik optik zichliklari (optik zichlik toʻshayotgan yorugʻlik nurlari uchun modda qatlamining noshaffoflik oʻlchovi) orasidagi tafovut (AD ~ Dmm — Dmin) sifatida aniqlanadi. Fotomaterial K.gining miqdoriy va rangiy tavsifi K koeffitsiyenti deb ataladi. Agar fotosuratga olish sharoiti va kridalari toʻgʻri tanlansa, fotomaterialning K. koeffitsiyenti qancha yuqori va obyekt ayrim joylarining och-toʻqligi orasidagi tafovut qancha katta boʻlsa, K. ham shuncha yuqori boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil