Kontakt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kontakt (lot. contactus — birbiriga tegib turish) — 1) oʻzaro taʼsir, aloqa; ishdagi hamjihatlik, bir-birini tushunish; 2) tutashish, tegishish sirti, joyi, zonasi; 3) elektrotexnikada — elektr zanjiri qismlarining birbiriga tegishi, klemmalarning tutashishi; ikki simning tutashishi natijasida bir simdan ikkinchisiga tok oʻtadi; 4) transportda — tramvay yoki trolleybusda yuqori voltli simdan tok oʻtkazuvchi tarmoq (K. tarmogʻi); 5) metropolitenda — elektr vagonning tok qabul qiluvchi qurilmasiga sirpanma tutashuv tarzida tok uzatish uchun asosiy temir yoʻl relsi yonidan oʻtkaziladigan qattiq sim (K. simi); 6) Q. payvand (qarang Payvandlash); 7) g ye o l o gik K. — Yer poʻstida yonma-yon joylashgan (chegaradosh) boʻlaklardagi turli togʻ jinslarining tutashish yuzasi.

Normal, intruziv (magmatik), tektonik K. farq qilinadi. Normal yoki stratigrafik K.da choʻkindi yoki effuziv togʻ jinsi qad. togʻ jinsini yorib chiqib unda turli K. oʻzgarishlarini hosil qiladi; intruziv K.da yosh intruziv togʻ jinsi qadimgisini yorib oʻtadi; tektonik K.da tarkibi, hosil boʻlishi va yoshi turlicha boʻlgan togʻ jinslari tektonik yoriq orqali bir-biri bilan tutashadi. K.ni oʻrganish togʻ jinslarini bir-biridan ajratish va ular yoshini nisbatan aniqlashga yordam beradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil