Konstitutsiyaviy sud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Konstitutsiyaviy sud - bir qancha davlatlarda yagona yoki asosiy ishi konstitutsiyaviy nazoratii amalga oshirish boʻlgan alohida organ. Birinchi marta 1920 yil Avstriyada taʼsis kilingan. Shundan eʼtiboran bu tartibot Gʻarbiy va Sharqiy Yevropada keng yoyildi, shuningdek, Osiyo, Afrika va Amerikaning ayrim mamlakatlarida qabul qilingan. Konstitutsiyaviy sud odatdagi oliy sudlardan farq qilib, umumiy yurisdiksiya sudlari tizimiga kirmaydi. Baʼzi mamlakatlarda (mas, RF) Konstitutsiyaviy sud alohida toifadagi sud hisoblanadi va shunga koʻra sud tizimiga kiradi, boshqa mamlakatlarda (GFR, Italiya, Ruminiya, Bolgariya, Mongoliya) — sud hokimiyatiga aloqasi yoʻq alohida nazorat organi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sud aʼzolari parlament tomonidan saylanadi (GFR, Xorvatiya) yoki davlat boshligʻi tomonidan tayinlanadi (Kipr); baʼzida Konstitutsiyaviy sud aʼzolarini parlament va hokimiyat hamda adliyaning boshqa organlari tayinlaydi (mas, Italiya Konstitutsiyaviy sudni teng miqdorda prezident, parlament va magistratura tayinlaydi). Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirish bilan bir qatorda turli mamlakatlarda konstitutsiyaga sharh berish huquqiga ega, siyosiy partiyalarning faoliyati konstitutsiyaga muvofiq kelish-kelmasligi masalasini hal qila-di, vakolatlar bilan bogʻliq nizolarni koʻrib chiqadi va h.k. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sud sud tizimiga kirib, qonunlar va boshqa hujjatlarning OʻzR Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi, Konstitutsiya himoyachisi hisoblanadi. Uning faoliyati maxsus Konstitutsiyaviy sud toʻgʻrisidagi qonun bilan tartibga solinadi[1].

Yana qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil