Konstantlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konstantlik (lot. constans — doimiylik, oʻzgarmaslik) (psixologiyada) — muayyan obʼyektlarni idrok qilish sharoitlari (masofa, yorugʻlik va boshqalar) oʻzgarganda ular xususiyati (hajmi, rangi, shakli va boshqalar) ning idrokda barqaror saqlanishi. Masalan, kishi biror narsadan uzoqlashsa, uning koʻz toʻr pardasidagi aksi kichrayadi, lekin shu narsaning idrok etilgan timsoli oʻzgarmaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil