Konstantin Menshov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Konstantin Menshov
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Konstantin Menshov
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi Leningrad
Oldingi murabbiylari Olga Glinka, Valentin Molotov
Jamoasi Olympic School St. Petersburg
Uchishni boshlagan 1989

Konstantin Aleksandrovich Menshov (ruscha: Константин Александрович Меньшов; 1983-yil 23-fevralda tugʻilgan) — rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. 2014-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, 2015-yil oʻtkazilgan Finlandia Trophy turniri gʻolibi, Nebelhorn Trophy musobaqasining ikki karra (2010, 2012) kumush medali sovrindori, NRW Trophy turnirining ikki karra (2007, 2012) chempioni va 2011-yil boʻlib oʻtgan Rossiya milliy chempionatining oltin medal sohibi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Menshovga ilk marta Galina Kashina murabbiylik qilgan. Keyinchalik Sankt-Peterburgda Yevgeniy Rukavitsin murabbiyligida mashq qildi[1].

Menshov 2010-yilgi Nebelhorn Trophy turnirida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2011-yilgi Rossiya chempionatida qisqa va erkin dasturda birinchi oʻrinni egallab, oltin medal sohibi boʻlgan. Menshov oʻzining ilk Yevropa chempionatida 7-oʻrindan joy olgan.

Menshov 2012—2013-yilgi mavsumda Nebelhorn Trophy turnirida yana bir kumush medalni qoʻlga kiritgan. U Gran-pri musobaqalarining 2012 Skate America va 2012 Rostelecom Cup bosqichlarida 4-oʻrinni egallab, oldingi natijalarini yaxshilagan. Menshov 2012 NRW Trophy musobaqasida 238,63 ball bilan Michal Březinani 26 ochkoga ortda qoldirib, kumush medal sohibi boʻlgan. U 2013-yilgi Rossiya chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan, ammo 2013-yilgi Yevropa chempionati uchun Rossiya terma jamoasiga kiritilmagan.  Menshov 2013-yilgi jamolalar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashib, eng yaxshi ball (80,60) bilan qisqa dasturda uchinchi oʻrinni egallagan. Erkin dasturda qatnashayotib oʻng yelkasini chiqarib olgan va musobaqani tark etgan.

Menshov 2013—2014-yilgi mavsumda 2013 NHK Trophy musobaqasida 8-oʻrinni va 2013 Rostelecom Cup turnirida 4-oʻrinni egallagan. 30 yoshida Budapeshtda boʻlib oʻtgan 2014-yilgiYevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Menshov 2014—2015-yilgi Gran-pri musobaqasining 2014 Skate Canada International bosqichida beshinchi va 2014 Trophée Eric Bompard bosqichida toʻrtinchi oʻrindan joy olgan[2]. Menshov 2014 Nebelhorn Trophy va Zagrebning Oltin Konkisi musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritganidan soʻng, 2014 — 2015 ISU Challenger Series musobaqasida qatnashib, turnir jadvalida uchinchi oʻrinni egallagan.

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2015 - 16

2014 - 15

2013 - 14

  • Coultergeist

    Phil Coulter

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi

Xalqaro
Musobaqa 02/03 03/04 04/05 05/06 06/07 07/08 08/09 09/10 10/11 11/12 12/13 13/14 14/15 15/16
Yevropa chempionati 7ㅤ 3ㅤ
GP Bompard 4ㅤ
GP Cup of Russia 10ㅤ 8ㅤ 4ㅤ 4ㅤ
GP NHK Trophy 6ㅤ 8ㅤ 6ㅤ
GP Skate America 4ㅤ 5ㅤ
GP Skate Canada 5ㅤ
CS Finlandia 1
CS Golden Spin 3ㅤ
CS Nebelhorn 3ㅤ 3ㅤ
Universiada 11ㅤ 11ㅤ 7ㅤ
Nice kubogi 4ㅤ 2ㅤ 4ㅤ 4ㅤ 2ㅤ 3ㅤ 2ㅤ
Finlandia Trophy 5ㅤ 4ㅤ 5ㅤ 6ㅤ
Merano Cup 1ㅤ
Nebelhorn Trophy 13ㅤ 11ㅤ 2ㅤ 7ㅤ 2ㅤ
NRW Trophy 1ㅤ 1ㅤ
Milliy
Rossiya chempionati 9ㅤ 5ㅤ 11ㅤ 8ㅤ 5ㅤ 4ㅤ 6ㅤ 4ㅤ 1ㅤ 7ㅤ 3ㅤ 4ㅤ 4ㅤ 7ㅤ
Jamoaviy turnirlar
World Team Trophy 5ㅤ T

12ㅤ P
WD
WD: musobaqani tark etgan; T: jamoaviy natija; P: shaxsiy natija;

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]