Konstantin Erenjenov
Qiyofa
Konstantin Erenjenovich Erenjenov (1912.12.5, BagaChonos aymogʻi, Qalmoq Respublikasi — 1991, ?) — qalmoq yozuvchisi. Qalmoq xalq shoiri (1972). Saratov untida oʻqigan (1930— 33). "Choʻpon qoʻshigʻi" qissasi (1931), "Choʻl uchquni" (1935), "Doimiy quvonch" (1959), "Toʻrgʻay" (1966) doston va sheʼrlar toʻplamlarini yozgan. "Hayotga yoʻl","Dub trubkasi" (1961) hikoya va ocherklar toʻplamlari va 2 kitobdan iborat "Oʻtni saqla" romani (1963—65)da qalmoq xalqi hayoti aks etgan. A.S.Pushkin va boshqalar chet el shoirlarining bir qancha asarlarini qalmoq tiliga tarjima qilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |