Konsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konsoy — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi soy. Kichik Oʻradaryoning chap irmogʻi. Boysun togʻlari yon bagʻirlaridan boshlanuvchi 20 ga yaqin irmogʻi bor. Oʻz. 30 km, havzasining maydoni 247 km². Mavsumiy qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Yilliq oʻrtacha suv sarfi 0,35 m³/sek. Bahorda suvi koʻpayadi, yozda esa kamayib, Kichik Oʻradaryogacha yetib bormaydi. K. suvi sugʻorishga sarflanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil