Kontent qismiga oʻtish

Konserva

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Konserva (lotincha: conservare — saqlamoq) — hayvon yoki oʻsimlik mahsulotlaridan maxsus ishlov berilib, uzoq muddat saqlash uchun tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari. Jahonda K.ning 1000 dan ortiq xili ishlab chiqariladi. K. goʻsht, goʻsht-oʻsimlik, sut, baliq, sabzavot, meva va boshqalardan tayyorlanadi. Konservalash oziq-ovqat mahsulotlar toʻyimliligini saqlashga yordam beradi. Koʻpincha, ortiqcha qismlari (qobigʻi, urugʻi, suyagi, tomiri va hokazo) olib tashlanishi, moy va shakar qoʻshilish hisobiga mahsulotlarning toʻyimliligi oshadi. Konservalangan mahsulotlarning vitamini qisman (5— 7%) kamayadi. K. buzilib qolmasligi uchun salqin va quruq joyda saqlanishi lozim. K.tayyorlanadigan apparatlarning koʻpi avtomatlashtirilgan. Aholini yil boʻyi sabzavot va mevalar bilan taʼminlashda, turistik sayohatlarda K.ning ahamiyati katta (yana qarang Konserva sanoati).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil