Konsedimentatsion burmalanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konsedimentatsion burmalanish (lot. con — birga, bir vaqtda va sedimentum — choʻkish) — choʻkindi jinslarning hosil boʻlish va toʻplanish jarayonlari bilan birgalikda kechadigan tektonik harakat. Konsedimentatsion burmalanish terminini geol. ga birinchi marta rossiyalik geolog S. S. Shuls kiritgan (1948). Konsedimentatsion burmalanishda choʻkindi jinslarning katlamlanish qalinligi koʻp yoki oz tarqalganligi ularning burmalanishiga bogʻliq. Choʻkindi jinslarining paydo boʻlishidan keyin sodir boʻladigan burmalanish postsedimentatsion burmalanish deb ataladi. Odatda, antiklinal burma yadrosida kanotlaridagiga nisbatan bir xil yoshdagi yotqiziqlar qalinligining koʻrinishi va koʻpincha litologik tarkibining oʻzgachaligi bilan ifodalangan. Uzlukli burmalanish obl.larda keng rivojlangan. Choʻkindi jinslarni oʻrganishda Konsedimentatsion burmalanishning ahamiyati katta.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil