Konklav
Jump to navigation
Jump to search
Konklav (lot. conclave — berk xona)— Rim papasini saylash maqsadida chaqiriladigan kardinayalar yigʻini (1274 yildan), shuningdek, yigʻin oʻtkaziladigan bino. Yigʻin tashqi dunyodan butkul ajratib qoʻyilgan binoda oʻtadi. K. oʻtkazish tartibi 13-asrda papa Grigoriy X tomonidan belgilangan. Keyingi papalar bu tartibga juzʼiy aniqlik va tuzatishlar kiritgan. Papa saylash uchun qatnashchilarning 3 dan 2 qismi ovoz berishi va yana qoʻshimcha bir ovoz berilishi talab qilinadi. K. qatnashchilarining soni 120 dan oshmasligi kerak.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |