Konfutsiy yodgorlik majmui

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dacheng zali. Konfutsiy ibodatxonasining asosiy ziyoratgohi

Konfutsiy yodgorlik majmui — xitoy faylasufi Konfutsiy tugʻilib oʻsgan joy — Syuyfu shahri (Shandun viloyati)dagi meʼmoriy yodgorlik majmui, ziyoratgoh. Majmua ibodatxona, saroy (koʻshk) ansambli va bepoyon daraxtzorlari boʻlgan bogʻxilxonadan iborat 20 ga maydonni egallagan. Undagi koʻpgina bino va alohida hovlilar toshdan qurilgan toqu-ravoqlar, yogʻoch darvozalar, koʻproq, tosh stellalar (eng qadimgisi miloddan avvalgi 56 yil), koʻshk, shiyponlar (2—3 katlamli cherepitsa tomli) oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan.

Konfutsiy ibodatxonasi Syuyfu shahrining markazida qad koʻtargan. Ibodatxona imperatorlarning Konfutsiyga sigʻinadigan joyi sifatida miloddan avvalgi 478 yilda qurila boshlangan. Dastlab uning 3 tagina zali mavjud boʻlgan. Xan davrida (206—220), imperator Ud i konfutsiychilikka katta eʼtiqod qoʻyib, ibodatxonani kengaytira boshlaydi. Keyingi davrlarda aksariyat imperatorlar ibodatxonaga zi-yoratga kelishar yoki oʻz vakillarini qurbonlik bilan yuborishardi. Asrdan-asrga Konfutsiy ibodatxonasining chegaralari kengayib bordi. Minlar (1368—1644) va Sinlar (1644—1911) davrida koʻp qurilishlar olib borilib, ibodatxona bugoʻngi kundagi koʻrinishiga ega boʻldi. Ibodatxona oʻzining mahobati, ulugʻvorligi, meʼmoriy gʻoyasi b n yechimining uygʻunligi, nafis ijrosi bilan butun mamlakatga mash-hur boʻlgan. Ibodatxona maydoni 9,2 ga, tarhi 150x630 m. Markaziy oʻqining shim.-janub tomonida 3 ta asosiy koʻshki, ikki yonida esa qator hovlilar, darvoza va shiyponlar simmetrik joylashgan. Ibodatxonada jami 9 hovli, 466 alohida xona, 54 ta toquravoqlari bor. Birinchi 3 hovliga sarv daraxti ekilgan. Ibodatxona atrofi qizil gʻishtli devor bilan oʻralgan. Burchaklariga minoralar ishlangan.

Konfutsiy ibodatxonasida 2100 dan ortiq yozuvli tosh yodgorlik (stella)lar mavjud. Boʻlar bir tomondan, ajoyib tarixiy manba sifatida, ikkinchi tomondan esa, kalligrafiya va tosh yozuvi koʻrgazmasi sifatida xizmat qiladi.

Saroy ansambli ("Oliy barkamollik saroyi", 1018 y,; 1730-yilda yongʻindan keyin qayta qurilgan) ibodatxonaning sharqida joylashgan. Saroy 3 qism sharqida — uy va ustaxona, gʻarbida — mehmonxona (qabulxona), markazida — xizmatchilar xonasidan iborat. Saroy balandligi 24,8, eni 45,8 m. Tomi sariq cherepitsa bilan qoplangan. Atrofi ochiq galereyali. Janubiy tarafidagi 10 ta tosh ustunlarga ajdarhoning boʻrtma tasvirlari ishlangan. Saroy oldidagi ayvon maydonchasida Konfutsiy shara-figa marosim raqslari oʻtkazilgan. Saroy ichida Konfutsiyning oʻtirgan holatdagi haykali oʻrnatilgan. Saroyda qad. qoʻlyozma va kitoblar saqlanadi.

Bogʻ (daraxtzor) Syuyfudan shim. tomonga 1 km ga choʻzilgan boʻlib, ular orasida Panteon (Konfutsiy avlodi xilxonasi) joylashgan. Konfutsiyning oʻzi shaharning shim.da Chjushuy daryosi boʻyiga dafn etilgan. Bogʻ maydoni 2 kv.km ga yetgan. Atrofini umumiy oʻz. 7,5 km devor (balandligi 3,4 m) oʻrab turadi. Unda Konfutsiy va uning shogirdlariga atab ishlangan soqchi haykallar-qabrtoshi (tosh stellalar), ziyoratxona zali va turli davrlarga oid sagʻanalar, Shaoxao maqbarasi (11-asr, tosh piramida shaklida qurilgan), Chjougun ibodatxonasi bor. Konfutsiy yodgorlik majmuim. Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan (1994).

Erkinjon Aminov.[1]

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil