Kondensatsion elektr stansiya
Kondensatsion elektr stansiya (KES) — ishi bugʻning kondensatlanishiga asoslangan va faqat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan elektr stansiya. Ish dvigateli — bugʻ turbinasi. Unda ish sikli bugʻning kondensatlanishi (suyuqlikka aylanishi) bilan tugaydi (qarang Kondensatsiya). Hosil boʻlgan kondensat bugʻ qozonita qaytib keladi va qayta ishlatiladi. Kondensatsion elektr stansiyada suv bugʻining issiqlik energiyasi kondensatsion bugʻ turbinasida mexanik energiyaga, elektr generatorlarda elektr energiyasiga aylanadi. Bugʻning boshlangʻich parametrlari (bosimi va temperaturasi) ni uni turbinaga kiritish oldidan oshirib, ishlatilgan bugʻning oxirgi bosimi va temperaturasi pasaytirilib, kondensatsion elektr stansiyaning f.i.k. oshiriladi, Bugʻni qoʻshimcha (orada) qizdirib ham f.i.k.ni oshirish mumkin. Yirik kondensatsion elektr stansiyada bugʻning boshlangʻich parametrlari — bosim 13 — 14 MPa va temperaturasi 560— 570°, takomillashganlarida esa 25 MPa va 550—660°, 30 MPa va 650° boʻladi. Ayrim turboagregatlarning quvvati 800—1300 MVt ga yetadi. Kondensatsion elektr stansiyas.ning asosiy qismlari: qozon qurilmasi, bugʻ turbinasi va mashina zali, texnik suv taʼminoti va yoqilgʻi xoʻjaligi, elektr taqsimlash qurilmasi, kuchaytirish podstansiyasi va boshqa Kondensatsion elektr stansiyas.da koʻmir kukuni, tabiiy gaz, mazut, oʻtin va boshqa yoqilgʻilar yoqiladi. Atom kondensatsion elektr stansiyada yoqilgʻi sifatida yadro yoqilgʻisidan foydalaniladi. Yirik KESlar issiqlik elektr stansiyalari deb ataladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |