Kompleks I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
144-ComplexI 3m9s 3rko.jpg
NADH degidrogenazasi tuzilishi, kulrang bilan mitoxondriya membranasi ko'rsatilgan.

Kompleks I, NADH degidrogenazasi yoki NADH-ubixinon-oksireduktazasi - mitoxondriyaning elektron transport zanjirining birinchi multioqsil kompleksi. NADH degidrogenazasi mitoxondriyaning ichki membranasida joylashgan bo'ladi. Prokariotlarda I komleks 14 oqsildan tashkil topgan (ulardan yettitasi membrana ichida joylashgan), odamda (Homo sapiens) NADH degidrogenazasi 44 oqsildan iborat, Yarrowia lipolytica qoziqorinida esa 48ta oqsildan tashkil topgan. Eukariotlarda ham prokariotlarda ham kom;eksning 7ta oqsili membrana ichida joylashgan, eukariotlarda membrananing tashqarisida joylashgan subbirlik o'zgarishga uchragan.

Reaksiya[tahrir]

Kompleks I da bo'lib o'tadigan elektron transporti

NADH degidrogenazasi Krebs siklida hosil bo'lgan NADHni oksidlaydi. Bu reaksiyada hosil bo'lgan elektronlar membrananing transport oqsili ubixinon Qni qaytarishda ishlatiladi. Ubixinon Q elektronlarni keyingi kompleks III ga tashiydi va sitoxrom c ning hosil bo'lishida ishtirok etadi.

NADH degidrogenazasi protonlar nasosi kabi ishlaydi, har birta NADH oksidlanganda mitoxondriyaning membranalar aro boshligiga to'rta proton o'tkaziladi.

NADH + H+ + Q + 4H+ichkari → NAD+ + QH2 + 4H+tashqari

Reaksiya jarayonida hosil bo'lgan elektrokimyoviy potentsial ATF-sintaza ishtirogida ATF hosil qilishda ishlatiladi.

Elektron transport mexanizmi[tahrir]

NADH → FMN → N3 → N1b → N4 → N5 → N6a → N6b → N2 → Ubixinon Q

NADH degidrogenazasiga kelgan NADH molekulalari o'zlarining elektronlarini FMNga (Flavinmononukleotid) beradi. FMNdan elektronlar bosqichma bosqich temir-oltingugurt (N3 → N1b → N4 → N5 → N6a → N6b → N2) komplekslaridan (kamida 5ta) o'tadi. Temir-oltingugurt komlekslaridan (temor-oltingugurt kaskadi) elektronlar Ubixinon Q ga kelib uni qaytarishadi.

Manbalar[tahrir]

  • Носов М.А. Физиология растений - курс лекций - лекция 1 - 2016
  • Aльбертс Б. и др. Молекулярная биология клетки в 3 томах. Т1. 2015