Kommutatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kommutatsiya (lotincha: commutatio — oʻzgartirish) — 1) elektr zanjirlari va ularning qismlarida simlar, kabellar, mashinalar, transformatorlar, apparatlar va asboblarni maxsus qurilmalar yordamida almashlab ulash. Elektr zanjiridagi tok yoʻnalishini kalitlar, kontaktorlar, rele va boshqa qurilmalar oʻzgartiradi; 2) hisoblash mashinalarini har bir yangi masalani yechish uchun qayta sozlash; 3) elektr stansiya va kichik stansiyalarning toʻgʻri va uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun mashina, transformator, akkumulyatorlar batareyasi, apparatlar (uzgich-ulagich, muhofaza relelari, oʻlchash transformatorlari va boshqalar)ni elektrga ulash.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Kommutatsiya" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil