Kommunal xoʻjalik mashinalari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kommunal xoʻjalik mashinalari — aholi yashaydigan joylar hududini, jamoa binolarini tozalaydigan va yigʻishtiradigan, kiyim-kechaklarni yuvadigan va kimyoviy tozalaydigan mashinalar. Aholi yashaydigan joylarni tozalashda axlat tashiydigan (konteynerli, kuzovli) mashinalar, suv sepish-yuvish mashinalari, supurish-tozalash mashinalari, oʻra tozalash (avtotsisternalar), yoʻlkalar va plyajlarni tozalash, qor kurash, qum sepish mashinalari, universal yuklagichlar va boshqa ishlatiladi. Bu mashinalarning baʼzilarida olib qoʻyiladigan jihozlari boʻladi. Jamoa binolarini tozalashda supuradigan, supurish-chang soʻradigan, suv sepish-chang soʻradigan, pol artadigan va boshqa mashinalardan foydalaniladi. Maysazorlar va koʻkatlarni texnik jihatdan saqlashda maysazorlarni oʻradigan, buta qirqadigan (butalaydigan) mashinalardan, avtomatik suv purkagichlardan foydalaniladi. Bulardan tashqari, kanalizatsiya tar-moqlari quduqlarini tozalaydigan ichimlik suvlari olinadigan quduqlarni taʼmirlaydigan va tozalaydigan, mashinalar ham mavjud. Shahar va qishloqlarning kommunal va turar joy xoʻjaliklarida vodoprovod va kanalizatsiya, gaz, issiqlik va elektr tarmoqlari uchun operativ ishlaydigan hamda avariya yuz berganda foydalaniladigan mashinalar, shahar elektr transporti vositalarini, yoʻl toʻshamalarini, turar joy binolarini taʼmirlashda ishlatiladigan va boshqa mashinalar mavjud[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |