Komilqori qiziq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Komilqori qiziq (Qulijonov Komil, 1891 — Qoʻqon — 1983) — oʻzbek xalqqiziqchisi. Ijodi qoʻqonlik Normat qiziq boshliq qiziqchilar taʼsirida shakllangan. Hamid ogʻiz, Aʼzam qiziq va Yusufjon qiziqlar bilan sayillarda "Kelin tushdi", "Hammol", "Joʻraboshi qoʻrqoq" qiziqchiliklarini namoyish etgan. "Uch buqoq", "Xushtorlar jazosi" kulgi-hikoyalarini yaratgan va ijro etgan. 1926—30 yillarda Aʼzam qiziq, 40-yillarda Aka Buxor toʻdasida (asosan, Poʻlatjon qiziq Normatov bilan) "Toʻn oʻgʻrisi", "Ketmon tilash", "Ulik sotdi", "Bedana oʻyin" va boshqa qiziqchiliklarni koʻrsatgan. "Kichkinajon" raqspantomimasida ishtirok etgan. "Saodatxon" zamonaviy xalq komediyasining mualliflaridan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qodirov M., Oʻzbek xalq tomosha sanʼati, T., 1981.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil