Komil Oqilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Komil Oqilovich Oqilov (1928.5.2, Samarqand tumani) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari doktori (1987), professor (1988). Samarkanddagi Oʻzbekiston universitetining tarix fakultetini tugatgan (1949). Oʻzbekiston ped. fanlari i.t. institutida katta ilmiy xodim, bulim mudiri (1953—57). Oʻzbekiston FA Tarix institutida katta ilmiy xodim (1957—64), boʻlim mudiri (1964—96), guruh rahbari (1996—98), yetakchi ilmiy xodim (1998—2000), katta ilmiy xodim (2000 yildan). Oqilovning ilmiy fa-oliyati Oʻzbekistonning madaniy jarayonlariga bagʻishlangan. 9, 10-sinflar uchun "Oʻzbekiston tarixi" dareliklari va "Oʻzbekistonning yangi Tarixi. 2-kitob. Oʻzbekiston sovet mustamlakachilari davrida" kitobining mualliflaridan biri. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil