Kombinatsiyalangan drenaj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kombinatsiyalangan drenaj -ortiqcha grunt suvlarini oqizib yuborish maqsadlarida quriladigan gorizontal zovurlar va suvi otilib chiquvchi quduklar tarmogʻi. Tuproqgrunt tuzilishi ikki qatlamli hollarda, yaʼni suvni suyet oʻtkazadigan qatlam (qalinligi 5–12 m) tagida yuqori filtratsiya koeffitsiyentga ega boʻlgan qatlam yotganda qoʻllaniladi. Odatdagi zovurlarga ostki qatlamdan grunt suvlari oqib chiqishini kuchaytirish uchun ularga vertikal quduqlar — kuchaytirgichlar qoʻshiladi. Zovurlardagi suv sathi va drenajlar oraligʻidagi yer osti suvlari bosimi har xilligi tufayli grunt suvlari oʻzi oqib keladi. Suv yigʻilishini kuchaytiruvchi vertikal quduqning diametri 200–500 mm boʻlib, suvli qatlam joylashgan (qarang Kaptaj) chuqurlikkacha kavlanadi; quduqqa filtrli (ishchi) quvur (metall, asbes-sement, polietilen, sopol va shahrioʻ.) tik oʻrnatiladi. Quvurning tepa uchiga uch yoʻnalishli suv taqsimlagich oʻrnatilib, undan quduq ishi kuzatiladi va joriy tuzatish ishlari oʻtkaziladi. Quduqlar ochiq va yopiq drenaj tarmoqlarida, shuningdek, berk vodovodlarda qoʻllaniladi. Ular zovurlar boʻylab bir-biridan 50–500 m oralikda quriladi, har bir quvurdan chiqadigan suv sarfi 2—5 l/s ga boradi. Kombinatsiyalangan drenaj — fenajning nisbatan yangi usuli. Kombinatsiyalangan drenajning yirik tarmoqlari Qarshi choʻli, Xorazm va Buxoro vohalarining oʻzlashtirilayotgan yerlarida barpo qilingan. Kombinatsiyalangan drenaj drenaj tarmoqlari uzunligini 2—3 marta qisqartirish imkoniyatini beradi; kuchaytirgich quduqlarni berk vodovodlar bilan birga qurish natijasida tarmoqni loyqa bosmaydi, bu esa melioratsiya tizimini ishlatishda harajatlarni kamaytiradi.

Masharif Boqiyev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil