Kolumbus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kolumbus — AQShning shim.sharqiy qismidagi shahar, Ogayo shtatining maʼmuriy markazi. Sayoto daryosi sohilida joylashgan. Aholisi 711,4 ming kishi (2000). Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Yirik sanoat, savdo-moliya va madaniy markaz. Metallsozlik va mashinasozlik (jumladan, radioelektronika, elektrotexnika, vagonsozlik, qishloq xoʻjaligi va aviakosmik mashinasozligi va boshqalar) rivojlangan. Kimyo, poligrafiya va oziqovqat (asosan, goʻsht sanoati) korxonalari, universitet bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shaharga 1812-yilda asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil