Kolumbiya Universiteti oʻqituvchilar kolleji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kolumbiya universiteti oʻqituvchilar kolleji (inglizcha: Teacher's College, qisqacha TC) — Nyu-York shahrida joylashgan xususiy tadqiqot universiteti[1][2] Kolumbiya universitetining taʼlim, sogʻliqni saqlash va psixologiya sohalari boʻyicha oliy maktabidir. Ushbu dargohga 1887-yilda asos solingan boʻlib, 1898-yildan beri Kolumbiya universitetining Taʼlim boʻlimi hamda rasmiy fakultetlaridan biri boʻlib xizmat qilib kelmoqda. Shuningdek, Qoʻshma Shtatlardagi eng yaxshi 10 ta oliy taʼlim[3][4] maktablari qatorida muntazam oʻringa egadir. (2022-yil holatiga koʻra 7-oʻrinda)[3][4]. Oʻqituvchilar kolleji Qoʻshma Shtatlardagi eng qadimgi va eng yirik oliy taʼlim maktabidir[5]. Garchi ushbu taʼlim muassasasi mustaqil institut sifatida tashkil etilgan va bir oz mustaqillikni saqlab qolgan boʻlsa-da, tashkil etilib, universitet bilan birlashganidan koʻp oʻtmay Kolumbiya universiteti bilan hamkorlikda bogʻlandi.

Oʻqituvchilar kolleji bitiruvchilari va professor-oʻqituvchilari akademik, hukumat, musiqa, notijorat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy fanlar boʻyicha tadqiqotlarda muhim oʻrinlarni egallagan. Umuman olganda, Oʻqituvchilar kolleji 30 dan ortiq mamlakatlarda oʻzining 90 mingdan ortiq bitiruvchilarga ega[6][7]. Mashhur bitiruvchilar va sobiq oʻqituvchilar orasidan John Dewey, Art Garfunkel, doktor Ruth Westheimer (Doktor Rut), Karl Rogers, Margaret Mead, Bill Kempbell, Georgia OʻKeeffe, Edvard Thorndike, Rollo May, Donna Shalala, Albert Ellis, William Ellis (Julliard maktabining sobiq prezidenti), Li Xuan (Xitoy Respublikasi Bosh vaziri), Shirley_Chisholm (AQSh Kongressiga saylangan birinchi qora tanli ayol), Hafizullah Amin (Afgʻoniston rahbari), Hamden L. Forkner (Boʻlajak Amerika Biznes Liderlari asoschisi) va Gordon Gee (boshqa amerikaliklarga qaraganda koʻproq universitet prezidentligida qolgan, shu jumladan Brown universiteti va Vanderbilt universitetilarida ham).

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkil etilishi va dastlabki tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rassell Hall

Oshxona taʼlimi assotsiatsiyasi badavlat tadbirkor William Dodgening qizi, xayriyachi Grace Hoadley Dodge, tomonidan 1880-yilda tashkil etilgan. Uyushmaning asosiy maqsadi kichik oshxona anjomlarini bogʻcha yoshidagi qizlarning yoshiga mos keladigan oʻyinchoqlarga almashtirish edi[8][9]. 1884-yilda Assotsiatsiya oʻgʻil bolalar va ota-onalar uchun oʻz vazifasini kengaytirish maqsadida Sanoat Taʼlimi Assotsiatsiyasiga oʻzgartirildi. Uch yil oʻtgach esa, uyushma Universitet maydonidagi sobiq Ittifoq diniy seminariyasi binosiga koʻchib oʻtdi, shuningdek, Horace Mann maktabi deb nomlanuvchi xususiy qoʻshma taʼlim maktabiga uyushma tomonidan asos solindi.[10]

1887-yilda William Vanderbilt assotsiatsiyaga katta moliyaviy summa taklif qiladi. Dodge koʻmagida Vanderbilt Kolumbiya universitetining eng uzoq vaqt xizmat qilgan prezidenti va Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Nicholas Murray Butlerni Assotsiatsiyaning yangi prezidenti etib tayinlaydi.Assotsiatsiya Nyu-York shahridagi kambagʻal bolalarning oʻqituvchilarini maktabda ish bilan taʼminlashga qaror qildi. Shunday qilib, 1887-1888-yillarda u oltita oʻqituvchini ish bilan taʼminladi va oʻzining boshlangʻich sinfiga 36 nafar oʻsmirni, shuningdek, 86 nafar maxsus talabalarni kiritdi. Dodge tomonidan ilgari surilgan gʻoya xayriyadan tashqari taʼlimni kengaytirish maqsadida Sanoat Taʼlim Assotsiatsiyasi oʻz nomini Nyu-York oʻqituvchilarni tayyorlash maktabiga oʻzgartirdi va Nyu-York shtatining Regentlar kengashidan vaqtinchalik oʻz nizomIni oldi.

Broadwaydagi 120-koʻchaning shimoli-gʻarbiga qaragan oʻqituvchilar kolleji binolari

1890-yilning oktabriga kelib, maktabning ishonchli vakillari yangi kampus izlashadi, chunki University Place kampusi juda kichik edi. Kolumbiya universiteti prezidenti Seth_Low bilan suhbatdan soʻng vakillar Kolumbiya kampusi qurilayotgan Morningside Heights Manhattandagi hududga joylashdilar.[11] 1892-yilda Nyu-Yorkdagi oʻqituvchilarni tayyorlash maktabining nomi yana oʻqituvchilar kollejiga oʻzgartirildi[9].Keyingi yili esa Oʻqituvchilar kolleji va Kolumbiya universiteti bir-biri bilan birlashtirildi (qoʻshildi) va vasiylar Morningside Heightsdagi yangi kollej kampusi uchun yer sotib olishdi[12]. Kollej kampusi uchun binolar dizayni William Appleton Potter tomonidan ishlab chiqilgan[12][13].Dastlabki majmuadagi birinchi inshoot — Asosiy zal 1894-yil oxirida qurib bitkazildi; oxirgisi, Milbank Yodgorlik Zali esa uch yildan keyin qurib bitkazildi[14].

Oʻquv dasturi inson rivojlanishiga ilmiy yondashuvni hamda boshqalarga yordam berish uchun ijtimoiy gʻamxoʻrlikni oʻzida birlashtirdi. Kollej 1898-yilda universitetning Oliy taʼlim maktabi sifatida Kolumbiya universiteti bilan bogʻlangan[4][12].1899-yilda Horace Mann uchun yangi bino[15], 1902-1904-yillarda esa Frederick Ferris Tompson Yodgorlik Zali qurildi[16]. Bundan tashqari, 1900-1901-yillarda Whittier Hall deb nomlanuvchi toʻrt qanotli yotoqxona binosi qurildi[17]. Oʻquvchilarni qabul qilish koʻrsatkichlari jadal suratlarda oshib ketdi: ilk bitiruvchilar 26 nafarni tashkil etgan boʻlsa, bundan farqli oʻlaroq, 1911-yilning oʻzida 686 nafar bitiruvchi talabalar ushbu dargohni tamomladilar[18].

Qoʻllanilish doirasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jon Dyui

Taʼsischilar bolalarning eng samarali tarzda tahsil olishlari uchun muhit borasida professional oʻqituvchilar ishonchli bilimga muhtojligini erta tan olishdi. Natijada, kollej dasturi boshidanoq taʼlim psixologiyasi va taʼlim sotsiologiyasi kabi fundamental fanlarni oʻz ichiga oldi. Muassislar, shuningdek, taʼlim axloq va jamiyatning ijobiy tabiati borasidagi aniq gʻoyalar bilan birlashtirilishi kerakligini taʼkidladilar, shuning uchun taʼlim tarixi va qiyosiy taʼlim boʻyicha dasturlar ishlab chiqildi.

Yigirmanchi asrda maktab oʻquvchilari sonining koʻpayishi bilan maktablarni boshqarish muammolari tobora murakkablasha bordi. Kollej oʻzi zimmasiga boshqaruv, iqtisod va siyosat sohalarida oʻqish dasturlarini yaratish kabi muhim vazifalarni ham oldi. Tibbiy va professional maslahat psixologiyasi, tashkiliy psixologiya, rivojlanish psixologiyasi, kognitiv psixologiya, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, oʻqitish texnologiyasi, media tadqiqotlari va maktab sogʻliqni saqlash kabi rivojlanayotgan sohalarda ishlab chiqilgan boshqa dasturlar shular jumlasidandir.

Kolumbiya universiteti Oʻqituvchilar kolleji faylasuf va jamiyatning ziyoli vakili John Dewey bilan ham aloqador boʻlgan, u Amerika Psixologik Assotsiatsiyasi va Amerika Falsafiy Assotsiatsiyasi prezidenti boʻlib ishlagan va 1904-yildan to 1930-yilda nafaqaga chiqqunga qadar ushbu muassasaning professor oʻqituvchilaridan biri boʻlib oʻz faoliyatini olib borgan[19].

Prezidentlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nikolas Myurrey Butler
Prezident Egalik
1. Nicolay M. Butler 1889-1891[20]
2. Walter L. Hervey 1893-1897[20]
3. James Earl Russell 1898-1926[20]
4. William Fletcher Russell 1927-1954[20]
5. Hollis L. Caswell 1954-1962[20]
6. John Henri Fischer 1962-1974[20]
7. Lawrence A. Cremin 1974-1984[20]
8. Philip M. Timpane 1984-1994[20]
9. Arthur E. Levine 1994-2006[20]
10. Susan Fuhrman 2006-2018[21]
11. Thomas R. Bailey 2018-yildan hozirgacha [20]

Akademiklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktab oltmishdan ortiq dastur boʻyicha sanʼat magistri (MA), taʼlim magistri (ed.M.), fan magistri (MS), taʼlim doktori (ed.D.) va falsafa doktori (PhD) darajalarini egallashda taʼlim olishni taklif etadi. Kollej nomiga qaramasdan, talabalarning uchdan bir qismidan kamrogʻi oʻqituvchi boʻlishga tayyorlanmoqda. Bitiruvchilar, masalan, ijtimoiy fanlar, sogʻliqni saqlash va sogʻliqni saqlashni mustahkamlash, taʼlim siyosati, texnologiya, xalqaro va qiyosiy taʼlim, shuningdek, taʼlim yetakchilik sohalairda oʻz kareralarini boshlaydilar.

Oʻqituvchilar kollejining sobiq prezidenti Susan Fuhrmanning soʻzlariga koʻra[22], kollej shaharda taʼlim olish bilan bogʻliq qiyin muammolarga yechim topadi va ijtimoiy yoki vaziyat tomonidan muhtojligi boʻlgan talabalar uchun yangi turdagi taʼlimni taqdim etishda oʻzining asl missiyasini taqdim etadi. Kollej oʻqish, yozish, tabiatshunoslik, matematika va sanʼat kabi fundamental sohalarda shahar va shahar atrofi maktab tizimlari bilan taʼlimni kuchaytrish masadida hamkorlikda tadqiqotlarni davom ettirmoqda; maktablarda, korxonalarda, shifoxonalarda va jamoat tashkilotlarida psixologik va sogʻliqni saqlash dasturlarini ishlab chiqish va boshqarish uchun rahbarlarni tayyorlaydi; oʻquv xonalari uchun ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish; yangi oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va oʻqituvchilarni yangi ishlanmalardan xabardor qilish kabi bir qator muhim maqsadlar yoʻlida iladamlamoqda.

Dwight Eisenhower, Kolumbiya universitetining 13-prezidenti
Margaret Mead 1960-yilda Amerika Antropologiya Assotsiatsiyasining prezidenti boʻldi

Oʻqituvchilar kollejida talabalar tajribasi Senat prezidenti boshchiligidagi talabalar senati tomonidan boshqariladi, undan keyin vitse-prezident, parlament aʼzosi, aloqa boʻlimi xodimi va gʻaznachi kabi masʼul lavozimlar joriy qilingan. Hozirgi talabalar va bitiruvchilar nomidan himoya qilish uchun Oʻqituvchilar kollejining har bir oʻquv boʻlimi vakili uchun har yili ikkita senator, magistratura nomzodi va PhD nomzodi saylanadi. TC Senati ikki haftada bir marta yigʻilib, qaysi masalalarni oʻrganish kerakligini aniqlaydi.

Akademik boʻlimlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sanʼat va gumanitar fanlar
  • Biologik xulq-atvor
  • Professional maslahat va tibbiy psixologiya
  • Taʼlim dasturi va pedagogika
  • Taʼlim siyosati va ijtimoiy tahlil
  • Sogʻliqni saqlash va inson taraqqiyoti
  • Xalqaro va madaniyatlar aro taʼlim
  • Matenatika, Fan va texnologiya
  • Tashkilotchilik va Liderlik
  • Reytingi

2023-yil uchun „US News World Report“ Kolumbiya universiteti oʻqituvchilar kollejini Qoʻshma Shtatlardagi barcha oliy taʼlim maktablari orasida 7-oʻringa qoʻydi[23].

1996, 1997, 1998, 2002 va 2008-yillarda Kolumbiya universiteti oʻqituvchilar kolleji nashr jihatdan 1-oʻrinni egalladi.

Kolumbiya universiteti oʻqituvchilar kolleji Birlashgan Qirollik News & World Report maʼlumotlariga koʻra 2023-yilda oʻquv rejasi va oʻqitishi boʻyicha 2-oʻrinni egallagan[23].

Nashrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻqituvchilar kolleji rekordi kollej tomonidan 1900-yildan beri doimiy ravishda nashr etiladi. 1997-yilda oʻqituvchilar kollejining bir guruh doktorantlari ochiq kirish huquqiga ega boʻlgan yetakchi onlayn akademik jurnal boʻlgan „Qiyosiy taʼlimning dolzarb masalalari“ jurnalini taʼsis etdilar[24] .

Oʻqituvchilar kolleji matbuoti 1904-yilda tashkil etilgan boʻlib, oʻqituvchilar kollejining milliy va xalqaro kitob nashr etuvchi tirgagi hisoblanadi, u tushunishni chuqurlashtirish va taʼlim amaliyotini takomillashtirishga bagʻishlangan. Oʻqituvchilar kolleji, shuningdek,2010-yilninmay oyida boshlangan taʼlimdagi tengsizlik va innovatsiyalarga qaratilgan taʼlim yangiliklariga oid notijorat, partiyasiz Hechinger Reportni ham nashr etadi.

Mashhurlar taʼlim olgan fakultetlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arthur M. Langer
  • Charles_Basch, Sogʻliqni saqlash taʼlimi
  • George_Bonanno , Klinik psixologiya
  • Kristofer Emdin, Ijtimoiy-tashkiliy psixologiya va nizolarni hal qilish, fan taʼlimi
  • Edmund W.Gordon, Psixologiya va taʼlim
  • Neil R._Grabois, Matematika taʼlimi
  • Joan Dye_Gussow, Oziqlantirish taʼlimi
  • Henry Landau, Matematika taʼlimi
  • Arthur M.Langer, Tashkiliy va yetakchilik kafedrasi kasbiy amaliyot professori
  • Suniya Luthar, Psixologiya va taʼlim
  • Lisa Miller, Klinik Psixologiya
  • Henry O.Pollak, Matematika taʼlimi
  • Michael Rebell, Huquq va taʼlim amaliyoti
  • Robert S._Siegler, Psixologiya va taʼlim
  • Derald Wing_Sue, maslahat psixologiyasi
  • Barbara Tversky, Psixologiya va taʼlim
  • Erica Walker, matematika va taʼlim
  • Barbara C.Wallace, Klinik Psixologiya
  • Ruth Westheimer, Xalqaro va Transmadaniy tadqiqotlar kafedrasi adyunkt professori.
Anita Pollitzer

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „What is the relationship between Teachers College and Columbia University? on Vimeo“. Vimeo.com (2013-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 18-mart.
  2. „Organization and Governance of the University“. Columbia.edu. Qaraldi: 2017-yil 18-mart.
  3. 3,0 3,1 „History – Columbia University in the City of New York“. www.columbia.edu. 2016-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Organization and Governance of the University“. www.columbia.edu.
  5. „2018 Best Education Schools“. Grad-schools.usnews.rankingsandreviews.com. 2014-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
  6. „TC Office of Alumni Relations | Teachers College Columbia University“. Tc.columbia.edu. Qaraldi: 2017-yil 18-mart.
  7. „International Alumni Network | Teachers College Columbia University“. Tc.columbia.edu. 2018-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
  8. Dolkart 1998, s. 224
  9. 9,0 9,1 McCaughey, Robert. Stand, Columbia: A History of Columbia University. Columbia University Press, October 22, 2003. ISBN 9780231503556. 
  10. Dolkart 1998, s. 225
  11. Dolkart 1998, s. 227
  12. 12,0 12,1 12,2 Dolkart 1998, s. 228
  13. Marter, J.M.. The Grove Encyclopedia of American Art. Oxford University Press, 2011 — 3–PA171 bet. ISBN 978-0-19-533579-8. 2019-yil 23-dekabrda qaraldi. 
  14. Dolkart 1998, ss. 231–232
  15. Dolkart 1998, ss. 233–234
  16. Dolkart 1998, ss. 235–236
  17. Dolkart 1998, ss. 237–238
  18. Dolkart 1998, s. 241
  19. The New York Times edition of January 19, 1953, page 27
  20. 20,00 20,01 20,02 20,03 20,04 20,05 20,06 20,07 20,08 20,09 „Making History | Teachers College Columbia University“. Tc.columbia.edu. Qaraldi: 2017-yil 18-mart.
  21. „Teachers College Data | Teachers College Columbia University“. Tc.columbia.edu. Qaraldi: 2017-yil 18-mart.
  22. President Fuhrman Outlines the State of the College | TC Media Center.
  23. 23,0 23,1 „Best Education Schools“. Grad-schools.usnews.rankingsandreviews.com. Qaraldi: 2017-yil 18-mart.
  24. „Welcome“. CICE. Qaraldi: 2013-yil 20-dekabr.