Kolliziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kolliziya (lot. collisio — qaramaqarshilik, toʻqnashish) — badiiy asarda harakterlararo hamda harakterlar bilan sharoit, muhit oʻrtasidagi ziddiyat. K. konflikt atamasining sinonimi tarzida ham qoʻllanadi. K. atamasini birinchi boʻlib Gegel estetika ilmiga olib kirgan. Uning aytishicha, K. zid-diyatning ijtimoiy-tarixiy jihatdan keng koʻlamligi, yirikligi va konfliktning boshlanish nuqtasini, tugunni anglatadi. K. harakatga, mavzu rivojiga, harakterning kurashga kirishishiga turtki beradi. K. asarning janriga koʻra turlicha boʻlishi mumkin. Mas, yirik epik asarlarda K. harakter faoliyati va mavzu rivoji uchun turtki boʻlsa, lirikada lirik qahramonning ruhiy olamidagi ziddiyatli kechinmalarni ifodalaydi. Tragediyada K. tragik konfliktni hosil qilsa, hajviy asarlarda komik konfliktni yuzaga chiqaradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil