Kollizion normalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kollizion normalar - fuqarolik, oila, mehnat va xalqaro tusdagi boshqa huquqiy munosabatga qaysi davlat huquqi qoʻllanilishi lozimligini koʻrsatuvchi meʼyorlar. Kollizion huquk tarkibiga kiradi. Bunday huquqiy munosabat yuzaga kelgan paytda sud yoki boshqa davlat organi oldida mazkur munosabatga shu davlatning milliy huquqini yoki chet el huquqini qoʻllanish lozimligi masalasi hal qilinadi. Oʻzbekiston FKning 6 boʻlimida xalqaro xususiy huquq normalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan tatbiq qilishning umumiy qoidalari, jismoniy va yuridik shaxslar, shaxsiy nomulkiy huquqlar, intellektual bitimlar, vakillik, daʼvo muddati, ashʼyoviy huquqlar, shartnoma va shartnomadan tashkari majburiyatlarga, vorislik huquqiga oid Kollizion normalarlar belgilab berilgan. Ularga koʻra, jismoniy shaxs qaysi mamlakat fuqarosi boʻlsa, shu mamlakat huquqi uning shaxsiy qonuni hisoblanadi. Shaxs ikki yoki undan ortiq fuqarolikka ega boʻlgan takdirda, u qaysi mamlakat bilan eng koʻp uzviy bogʻlangan boʻlsa, uning uchun oʻsha mamlakat huquqi shaxsiy qonun hisoblanadi. Fuqaroligi boʻlmagan shaxs qaysi mamlakatda doimiy yashab turgan boʻlsa, oʻsha mamlakat huquqi uning shaxsiy huquqi hisoblanadi. Jismoniy shaxsning HUKUQ va muomala layoqatlari uning shaxsiy qonuni bilan belgilanadi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar OʻzRda fuqarolik huquq layoqatida OʻzR fuqarolari bilan teng ravishda foydalanadi. OʻzR qonunlari yoki xalqaro shartnomalarda belgilangan hollar bundan mustasno (FK, 1168, 1169-moddalar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil