Kollektorli mashina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kollektorli mashina - oʻzga ruvchan va oʻzgarmas tokka moʻljallangan elektr mashina. Rotorning chulgʻami kollektor bilan tutashtirilgani tufayli shunday atalgan. Turlari: kol-lektorli generator, kollektorli dvigatel va kollektorli chastota oʻzgartirgich. Kollektorli generator dan, asosan, 3 fazali oʻzgaruvchan tok manbai sifatida foydalaniladi. Vir fazali va 3 fazali kollektorli dvigatel uy-roʻzgʻor elektr asboblarida (bir fazalisi), tezligini keng miqyosda rostlab tursa boʻladigan kuvvatli elektr asboblarda (bosmaxona, toʻqimachilik korxonalari elektr mashinalari hamda metall kesish stanoklarida) (uch fazalisi) ishlatiladi. Kollektorli chastota oʻzgartirgichlar elektr mashinalar kaskadi (qarang Kaskad) tarkibiga kiradi qamda ulardan asinxron elektr dvigatelt tok va kuchlanishlar fazasi siljishining oʻrnini qoplash uchun foydalaniladi. Yarimoʻtkazgichlar texnikasi taraqqiy etishi munosabati bilan kollektorli chastota oʻzgartirgichlar oʻrniga, asosan, yarimoʻtkazgichli chastota oʻzgartirgichlar ishlatilmokda. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil