Kollagen kasalliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kollagenozlar - ya’ni biriktiruvchi to‘qima kasalliklari bo‘lib, ular klinik-morfologik o‘zgarishlari jihatidan o‘xshash bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimalarning zararlanishi bilan kechadigan kasalliklarni birlashtirib aytilgan atamadir. Ushbu guruhga revmatizm, revmatoidli artrit, sistemali qizil yugurik, sklerodermiya, dermatomiozit va tugunli periarteriit kasalliklari kiritilgan edi. Bu kasalliklar uchun ogir kechuvchi vaskulit va biriktiruvchi to‘qimaning diffuz zararlanishi xos bo‘lib, bu zararlanish fibrinoidli degeneratsiya, mukoidli shish, asosiy oraliq moddaning gomogenlashuvi, biriktiruvchi to‘qimani tashkil qiluvchi komponentlarning (kollagen, argirofil va elastik tolalarning) dezorganizatsiyasi bilan kechar edi. Keyingi olib borilgan izlanishlar tadqiqotlar ushbu patologiya haqidagi bilimlarni va ma’lumotlarni yanada chuqurlashtirdi va bu kasalliklarning har biri alohida o‘rganishga loyiq ekanligini ko‘rsatdi. Dermatologlar uchun bu guruhdagi kasalliklar ichida qizil yugurik, sklerodermiya va dermatomiozit ahamiyatlidir.Terining xilma xil kasalliklari orasida biriktiruvchi to‘qimaning diffuz zararlanishi bilan kechadigan xastaliklar alohida o‘rin egallaydi. Chunki bu kasalliklar o‘zlarining kechishi, asoratlari va bir vaqtning o‘zida ichki a’zolarni ham zararlashi bilan boshqa teri kasalliklaridan ajralib turadi. Ikkinchi tomondan, bu kasalliklarni talabalar dermatovenerologiya kursidagina o‘rganib qolmasdan, yana terapiya, pediatriya kabi kafedralarda ham o‘rganadilar. Shuning uchun dermatovenerologiya kursida talabalardan asosan ushbu kasalliklar tufayli terida kelib chiqadigan o‘zgarishlarni puxta o‘rganib, o‘zlashtirishi taqozo etiladi. . [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. Yoqubova M.A., Muhammadjonova L.A. “KOLLAGENOZLAR” (Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari davolash, tibbiy pedagogika, pediatriya va stomatologiya fakultetlari 4-kurs talabalari uchun o‘quv qo‘llanma) Andijon – 2018, 102 b.