Kolima (vulkan)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kolima — Meksikaning gʻarbiy qismidagi vulkan (Xalisko shtatida), Vulkanli Syerra togʻlarida, Tinch okean qirgʻogʻidan 80 km uzoqlikda. Ikkita konussimon choʻqqidan iborat: yilning koʻp vaqti qor bilan qoplangan Nevada-deKolima sungan vulkani (balandligi 4265 m) va harakatdagi K. yoki Volkan-de-Fuego-deKolima vulkani ("Olovli vulkan") balandligi 3846 m, Meksika Vezuviya deb ham ataladi. Andezit va datsitladan tuzilgan. Milliy park tashkil etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil