Kolachki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kolachki (polyakcha: kоłасzki, slovak. koláče, chex. kolach) — Yevropaning ayrim mamlakatlarida (Chexiya, Slovakiya, Polsha) da keng tarqalgan Rojdestvo pechenyesining bir turi boʻlib, har bir mamlakatda ushbu pechenyening oʻziga xos retsepti mavjud[1]. Kolachki — konvert holida oʻralgan murabboli sochiluvchan xamirli pechenye. Ushbu pishiriqning kelib chiqishiga oid koʻplab versiyalar mavjud, ulardan eng mashhurida pechenyening birinchi marta Polshada paydo boʻlgani aytiladi. Kolochki yumaloq, kvadrat yoki romb shaklida, xamir esa qavat-qavat yoki xamirturushli boʻlishi mumkin. Saytda pishiriqning polyakcha versiyasi keltirilgan.

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kolachki — koʻp hollarda murabbo yoki jem bilan tayyorlanadigan pechenye boʻlib, Polshada anʼanaviy tarzda Rojdestvoda tayyorlangan, endilikda esa ularni istalgan vaqtda pishirish yoki sotib olishingiz mumkin. Chexiya, Xorvatiya, Slovakiyada juda mashhur. Ushbu mintaqalarning har birida uni tayyorlash jarayoniga oid oʻziga xos farqlar mavjud.

Polsha kolachkilari yarim konvert shaklida tayyorlanadi, undan murabbo koʻrinib turadi. Ushbu pishiriq uchun tayyorlangan xamir tarkibidagi mahsulotlar juda koʻp boʻlmasa-da (masalan, retseptda xamir uchun faqat toʻrtta mahsulot kerak boʻladi: bular nordon pishloq, tuz, bugʻdoy uni va sariyogʻ) pechenye juda yumshoq boʻlib chiqadi.

Kolachki tayyorlashning oʻziga xos xususiyatlaridan yana biri xamirni muzlatgichda kamida besh soat (sakkiz soat boʻlsa undan ham yaxshi) ushlab turish kerakligidir. Shuning uchun ham polshalik tajribali uy bekalari kolachki uchun kechqurun xamir qorib qoʻyishadi, pishirishni esa ertalab boshlashadi[2].

Tarkibiy mahsulotlar:

Asosiy: bugʻdoy uni, sariyogʻ, vanilin, tuz, shakar, murabbo, uy tvorogi (asl retseptda tvorogli pishloq yoki krem-chiz)

Mumkin: shakar kukuni, marmelad, yongʻoqlar, rezavorlar.

Pishirish vaqti: 30 daqiqa.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kolachiki, kolachki, kolachnik, kolach[3] qarang. kalach.

Pishiriq nomi praslav. tilidan kelib chiqqan boʻlib, u qadim. ruscha — „kolach“, ukrain. „kolach“, bulgʻ. kolach „karavay“, serbohorv. „kolach“ (kolacha), sloven. „chakavsk“. koláč, chex, slovak. „koláč“ — „pirog“, pol. „kołasz“ — „bugʻdoy noni“, kalach", v.-ludg. „kołač“, n.-ludg. „kołas“ soʻzlari qatorida shakllangan. Dumaloq shakliga koʻra, „kolo“ soʻzidan kelib chiqqan[4]).

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy va Sharqiy Yevropada mashhur boʻlgan, oratda toʻy marosimlari uchun tayyorlanadigan pishiriq turi[5]. Polyak kolachkilari anʼanaga koʻra, Rojdestvoda va koʻpincha dam olish kunlarida pishiriladi, ammo bugungi kunda ularni butun yil davomida isteʼmol qilishadi. Pechenyega ilova qilish uchun asl retsept boʻyicha har qanday turdagi murabbo yoki jemdan foydalanish mumkin, shuningdek pishiriqqa yangi rezavorlar, yongʻoqlar ham qoʻshish yoki jemni har qanday turdagi murabbo bilan almashtirish mumkin. Retseptning Polshada keng tarqalgan varianti oʻziga xos boʻlib, bu mamlakatda pechenye xamiriga yumshoq pishloq qoʻsha boshlaganlari bilan bogʻliq, bu esa kolachkini yanada yumshoq va mazali qiladi. Kolachki odatda dastursonga choy bilan (kamdan-kam holatlarda qahva bilan) tortiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Польское печенье «Колачки» — кулинарный рецепт“. 2017-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-dekabr.
  2. „Колачки | Домашние рецепты“. 2020-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-iyul.
  3. „Страница: Толковый словарь. Том 2 (Даль 1905).djvu/173 — Викитека“. 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-aprel.
  4. „калач — Викисловарь“. 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-aprel.
  5. „Печенье с мармеладом по-польски или «Колачки»“. 2017-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]