Kokslash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kokslash — qazib olinadigan yoqil-gʻilar (toshkoʻmir va neftni qayta ishlashdan qolgan ogʻir mahsulotlar)ni havosiz muhitda pechda 950—1050° temperaturagacha qizdirib koks va kimyoviy xom ashyo hisoblangan qoʻshimcha suyuq mahsulotlar olish uchun kimyoviy qayta ishlash. Davriy va uzluksiz turlari bor. Davriy K. keng tarqalgan. Toshkoʻmirdan koks olish uchun dastlabki xom ashyo sifatida boyitilgan, maydalangan va bir-biriga aralashtirilgan koʻmirdan foydalaniladi. Koʻmir 250° temperaturagacha qizdirilganda undagi nam bugʻlanadi, gazsimon mahsulotlar (uglerod oksidlari) ajralib chiqadi, 300—450° temperaturagacha qizdirilganda qatronsimon modda ajralib chiqadi, koʻmir yumshoq massa holiga keladi. Bu massa 500—550° temperaturada qattiqlashadi va gʻovak mahsulot — chala koks hosil boʻladi, 750° temperaturagacha qizdirilganda chala koks zichlashadi (undan, asosan, vodorod ajralib chiqadi) va yoriladi, 750° dan yuqori temperaturada chala koks koksga aylanadi. K. jarayoni 13-18 soat davom etadi. K. jarayonida koksdan tashkari koks gazi va sintetik materiallar, lok-boʻyoq va boshqa materiallar, kimyoviy mahsulotlar (toshkoʻmir qatroni, benzol va boshqalar) olinadi (qarang Koks kimyo’si). Neftni qayta ishlashdan hosil boʻlgan ogʻir mahsulotlarni K.da metall kublar yoki maxsus pechlarda kokslab neft kokslari olinadi. Elektrodli kuydirilgan koks kuydirilgan toshkoʻmirni (toshkoʻmir qatronini haydashdan krlgan qoldiqni) ichiga dinas gʻishti terilgan pechlarda K. yoʻli bilan olinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil