Kokil mashinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kokil mashinasi - kokil quyma olishga imkon beruvchi mashina. Kokil mashinasida kokil pallalarini ochibyopish, kuyma sterjenlarni oʻrnatish, kokilga metall quyish, tayyor quymani kokildan chiqarish, tozalash va ularning ichki yuzalarini boʻyash ishlari bajariladi. Bir pozitsiyali va koʻp pozitsiyali xillari bor. Bir pozitsiyali universal Kokil mashinasida kokilni almashtirib, turli quymalar olish mumkin. Kokil pallalari Kokil mashinasi yoʻnaltirgichlarida suriladigan pli-talarga oʻrnatiladi. Mashina qismlari pnevmatik (havoli) va gidravlik (suyuqlikli) usullarda harakatlantiriladi. Koʻp pozitsiyali Kokil mashinasi karusel va konveyerli turlarga boʻlinadi. Karusel Kokil mashinasi aylanib turuvchi stolga oʻrnatilgan bir nechta bir pozitsiyali mashinalardan iborat boʻladi. Konveyerli Kokil mashinasidagi transportyor qurilmasida bir pozitsiyali Kokil mashinasi yoki kokillar harakatlanadi. Kokil mashinasi avtomat liniyalar tarkibiga kiradi. Bunday liniyada induksion elektr pechlar, quyish mashi-nasi, ikkita karusel Kokil mashinasi, quymani termik ishlaydigan ikkita agregat va transportyor qurilmasi boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil