Koffka Kurt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

KOFFKA (Koffka) Kurt (1886. 18.3, Berlin — 1941.22.11, Nortxempton, AQSH) — nemis-amerika psixologi, geshtaltpsixologiya asoschilaridan biri. Gisendagi universitet privat-dotsenti (1911 yildan) va prof. (1918—24); 1927 yildan Nortxempton (AQSH)dagi Smit kolleji prof. Geshtaltpsixologiyaning xalqaro miqyosda tarqalishiga xizmat qilgan jur. nashr etishda qatnashdi. Bolalarning psixik rivojlanishi muammolariga bagʻishlangan tadqiqotlar olib bordi. Asosiy asarlari: "Psixik rivojlanishning asoslari" (1921), "Idrok: geshtaltnazariyaga kirish" (1922), "Geshtaltpsixologiya prinsiplari" (1935).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil