Kontent qismiga oʻtish

Koersitiv kuch

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Koersitiv kuch (lot. coercitio- tutib qolish) — 1) ferromagnit materiallarni toʻliq magnitsizlash uchun zarur magnit maydon kuchlanganligi. Koersitiv kuch mNk (moddada magnitlanganlik nolga teng boʻlganda) va vNk (moddada magnit induksiya 5=0 boʻlganda) xillarga boʻlivada. Magnitsizlantirishdagi gisterezis sirtmogʻi boʻlagining abssissa oʻqi bilan kesishgan nuqtasidagi magnit maydon kuchlanganligi Koersitiv kuch kattaligini ifodalaydi. Bundagi magnit maydon kuchlanganligi Nk ning yoʻnalishi magnitlovchi maydon yoʻnalishiga teskari boʻladi. Koersitiv kuch erstedlar bilan oʻlchanadi.

Turli ferromagnetikning Koersitiv kuchi 8-10 2 — 8-1O5A/m oraligʻida oʻzgarishi mumkin va ferromagnit namunaning tayyorlanishiga, ishlov berilishiga va tashqi muhitga, mas, temperaturaga bogʻliq. Koersitiv kuch Nkinng qiymatiga qarab magnit materiallar magnit jihatdan yumshoq [Nk ((8-YU1 + 8-YU2) A/m] va magnit jihatdan qattiq [#4>(8102n- 8103)A/m] materiallarga boʻlinadi; 2) qoldiq qutblanishga ega segnetoelektrikni toʻliq qutbsizlash uchun zarur boʻlgan elektr maydon kuchlanganligi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil