Kodlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kodlash — bir kodning belgilarini yoki belgilar guruhini boshqa kod belgilariga yoki belgilar guruhiga keltirish. Biror aloqa kanaliga yoki qandaydir boshqa qurilmaga axborot shaklini moslashtirish talab etilganda amalga oshiriladi. Mas, harflar ketma-ketligi koʻrinishidagi axborotlar telegraf kodi yordamida maʼlum impulsi toklarga aylantiriladi. Boʻlarni hisoblash qurilmasiga kiritilganda oʻnli sistemadagi sonlar ikkilik sistemasiga oʻzgartiriladi va boshqa K.dan koʻp sohalarda foydalaniladi. Mas, informatsiyalar nazariyasila haddan tashqari koʻp (ortiqcha) xabarlarni ixchamlashtirish, xabarlarni aloqa kanali boʻyicha uzatishda ularni buzuvchi radioxalaqitlar taʼsirini kamaytirish maqsadida qoʻllaniladi. Shuning uchun, mas, telegraf kodida koʻp uchraydigan harflar oʻrniga ancha qisqa nuqta va tirelar uygʻunlashuvidan foydalaniladi (qarang Kod).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil