Kobuston davlat tarixiy-badiiy qo‘riqxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Kobuston davlat tarixiy-badiiy qo‘riqxonasi
ozarb. Qobustan dövlət tarixi-bədii qoruğu
The Museum - reserve "Gobustan".jpg
Kobuston davlat tarixiy-badiiy qo‘riqxonasi.
Mamlakat Flag of Azerbaijan.svg Ozarbayjon
Joylashuvi Qoradog‘ va Absheron tumanlari
Tashkil qilingan sanasi 1966 — Qo‘riqxona idorasi yaratildi
Uslubi ibtidoiy tasviriy sanʼat
Maydoni 3096 ga
Holati barqaror, muzey sifatida faoliyat ko‘rsatadi
UNESCO muhofazasiga olingan
Rasmiy nomi: Gobustan Rock Art Cultural Landscape[1]
Turi Madaniy
Mezonlari iii
Tayinlangan 2007
Manba raqami 1076
Davlat Ozarbayjon
Hudud Yevropa
Ozarbayjondagi tarixiy obidalarni ro‘yxatga olish
Manba nomeri 26
Ahamiyati Dunyo ahamiyatida
Gobustan Nature Reserve 8385.jpg
qo‘riqxonaning koʻrinishi

Kobuston davlat tarixiy-badiiy qo‘riqxonasi[2]Ozarbayjon hududidagi arxeologik obidalar kompleksining muhofaza qilinuvchi qo‘riqxona. Qo‘riqxona Qoradog‘ tumani Kobuston aholi punktida, poytaxt Bokudan 56 km masofada joylashgan. Bu yerda, shuningdek, muzey ham faoliyat ko‘rsatadi. Qo‘riqxonada, asosan, Mezolit (o‘rta tosh davri) obidalari saqlanadi. Bu yerda g‘orlar, buloqlar va boshqalar bor.

Etimologiyasi[tahrir]

Stamps of Azerbaijan, 1998-513-515.jpg

Kobuston nomining kelib chiqishi va maʼnosi borasida turli tadqiqotchilar turli fikr bildirganlar. Lekin ulardan eng ko‘p ishlatilgan fikr toponimning geografik sharoit bilan bog‘liq holda paydo bo‘lishidir. Ushbu fikrga ko‘ra, Kobuston jarliklar diyori, bepoyon tekislik, sanoqsiz tepaliklar orasida tuproq cho‘kishi natijasida yuzaga kelgan dara va soylardir. Hech bir geometrik shaklga ega bo‘lmagan bu tizimsizlikning o‘zida suv, havo, shamolning, zilzila va balchiq vulqonlarining yuzaga keltirgan katta tabbiy zararlar olami muhokama qilinadi. Bu yillar, asrlarning emas, balki million yillarning natijasida yuzaga kelgan vayronalar va „qurilmalar“ asaridir. Kobuston nomining ham kelib chiqishi aynan mana shu tabiiy sharoit bilan izohlanadi.

Turkiy tillarda „qobu/kobu“ so‘zi „dara, bo‘shliq, yarimsahro“ maʼnosida keladi. Boshqa versiyaga ko‘ra esa Kobuston so‘zining dastlabki formasi Gavistan shaklida bo‘lgan. „Gav“ forscha ho‘kiz, sigir, „stan“ esa o‘lka maʼnosida keladi. Bu holda so‘z „Ho‘kizlar diyori“ shaklida sharhlanadi. Bu versiyaning ilgari surilishi tasodif emas. Chunkio‘z vaqtida Kobuston hududida ko‘p miqdorda cho‘l mollari yashagan. Ming yillardan so‘ng ularning bir qismi o‘lgan, bir qismi esa xonakilashtirilgan.

Boshqa versiyaga ko‘ra esa bu yerning nomi Kabristan bo‘lgan. „Kabr“ olovga sig‘ingan, „stan“ esa o‘lka maʼnosida kelgansda so‘z olovga sig‘inganlar shahri sifatida tushuniladi. Unga ko‘ra bu yerlarda otashparastlar yashagan, shu sababli ham b yer Kabristan deb nomlangan.[3]

Flora va Faunasi[tahrir]

Hozirda Kobuston tabiati Ozarbayjonning Arran tumanlariga ko‘proq mos. 20-25 ming yil avval esa bu yerlarning tabiiy sharoiti butunlay boshqacha bo‘lgan. 10-12 ming yil avval Kobuston qoyalariga chizilgan hayvon va inson suratlaridan ko‘rinadiki, o‘sha vaqtlari bu yerlarda to‘xtovsiz issiq havo hukm surgan. Insonlar yengil kiyimlarda yashagan, erkaklar bellariga kamar bog‘lagan, ayollar esa teridan tikilgan kalta ko‘ylak kiyishgan.

Havo doimo issiq, ko‘klamzor va suv mo‘l bo‘lgani sababli bu yerlar o‘txo‘r hayvonlar maskani bo‘lgan. Kobustonda son-sanoqsiz cho‘l hayvoni, mol, ot, echki, kiyik va boshqa hayvonlar yashagan. Qoyatosh tasvirlaridan va arxeologik qazilmalardan olingan topilmalardan ko‘rinib turibdiki, qadimgi davrda bu hududda yo‘lbars, bo‘ri, tulki, chiyabo‘ri va boshqa yirtqich hayvonlar ham bo‘lgan. Mutaxassislar qoyalarda suratlariga duch kelinmagan filning ham bu hududlarda yashaganini taʼkidlaydilar. Qoyatosh tasvirlarida filning yo‘qligi sababi shundaki, bu yerlarda bizga maʼlum inson hayoti 10-15 ming yil bilan o‘lchanadi, fil esa million yillar avval yashagan.

Kobustonda fil suyaklarining topilishi butunlay tasodif bo‘lgandi. 1968-yilda bu yerda Atbulax nomli joy yaqinidagi tosh zavodida katta arra taxminan 3 m chuqurlikdagi tosh qavatini kesar ekan, tasodifan nomaʼlum hayvon suyagini ham kesgan. Ishchilar bu nimaning suyagi ekanligini bilmay Ozarbayjon SSR Madaniyat vazirligiga xabar beradi.

Topilgan suyaklar tadqiqidan so‘ng shu aniqlanadiki, bu suyak bir vaqtlar Kobustonda yashagan janub filining bo‘yin umurtqasining VI suyagidir.[4]

Tadqiqi[tahrir]

Qoyatosh tasvirlari
Qoyatosh tasvirlari
Qoyatosh tasvirlari
Qoyatosh tasvirlari
Qoyatosh tasvirlari
Qoyatosh tasvirlari
Qoyatosh tasvirlari
Qoyatosh tasvirlari

Kobuston yaylov sifatida Ozarbayjon molboqarlariga anchadan beri maʼlum edi. Lekin u yerdagi moddiy-madaniy qoldiqlar va qoyatosh tasvirlari ilk bora Ozarbayjon arxeologlaridan biri professor Is’hoq Jafarzoda 1939-1940-yillarda kashf qilgan. 1941-yilda boshlangan Ulug‘ Vatan Urushi tufayli qidiruvlar to‘xtatilgan, 1947-yildagina davom ettirilgan. I. Jafarzoda yillar davomida olib borgan murakkab ilmiy izlanish va tadqiqotlar natijasi sifatida 750 qoya ustidagi o‘yma, qazilma va surtma usul bilan chizilgan 3500 dan ortiq inson va hayvon rasmi va turli ishoralar- petrogliflar qayd qilinib, 20 qoyaosti turar-joy topildi.

Ana shundan so‘ng I. Jafarzoda boshchiligida J. Rustamov va F. Murodova olib borgan izlanish va arxeologik qazilmalar natijasida ko‘pgina rasmlar manzilgohlar va moddiy-madaniy qoldiqlar topildi. Buyuktosh tog‘idagi „Ona g‘or“ turar-joyida topilgan uch madaniy tabaqadan ilk ost tabaqa bilvosita tosh davriga tegishli. Kobuston obidasi shu bilan ham qiziqarliki, bu yerda inson hayoti taxminan eramizdan avvalgi o‘ninchi mingyilliklardan boshlab to XVIII asrgacha ketma-ket to‘xtovsiz davom etgan. Kobustonda topilgan moddiy-madaniy qoldiqlar majmuasining tarix va madaniyat uchun alohida ahamiyatini eʼtiborga olgan Ozarbayjon SSR Vazirlar Mahkamasi 1966-yil 9-sentyabrdagi qarori bilan Kobuston davlat tarixiy-badiiy qo‘riqxonasi deb eʼlon qilindi. Qo‘riqxona asosan uch tog‘ (Buyuktosh, Kichiktosh va Jingirtog‘) joylashgan katta maydonni qamrab oladi.[5]

Turar-joylar[tahrir]

Qadimgi kobustonliklar asosan ochiq havoda yashaganlar. Lekin kuchli yomg‘ir va shamolli kunlarda ular g‘orlarga, qoyaosti turar-joylarga yoki bir-biriga yopishgan tog‘ qoyalari ostida qo‘nim topganlar. Hozircha maʼlum bo‘lgan qoyaosti manzilgohlarning eng yaxshi namunalari Buyuktosh va Kichiktosh tog‘larining janubi-sharqida joylashgan yirik manzildir. Arxeologlar bu turar-joylarning birini „Chordoq g‘ori“, narigisini esa „Firuz-1“ deb nomlagan.

Bu manzillardan har ikkisining yerini g‘arbdan tuproqqa mustahkamlangan yirik tekis qoya tashkil qiladi. Mutaxassislarning tahminlari bo‘yicha bu manzillarda yashaganlar uy ishlarining bir qismini manzillarning tekis qismida bajarar ekanlar. Bunday manzillardan biri ham Buyuktosh tog‘idagi janub pastligidagi „Yetti go‘zal“ g‘oridir.

Buyuktosh tog‘idagi „Ona g‘or“ va „Ovchilar g‘ori“ bir-biriga yopishgan qoyalar orasidagi turar-joylardir. Bu g‘orlarning nomini u yerlarni kashf qilgan arxeolog professor Is’hoq Jafarzoda bergan. Jingirtog‘dagi Yozuvlitepa ham o‘z vaqtida bu kabi turar-joylardan biri bo‘lgan. Lekin u yerlarning tuprog‘i juda omonat bo‘lganidan va doimo oqar suvlar vositasi bilan yuvilgani tufayli qoyalar cho‘kdi va avvalgi holatini yo‘qotdi.

  • „Ona g‘or“ manzili — Kobustonda Buyuktosh tog‘ining yuqori tekislik sohasida ustida qadimiy qoyatosh tasvirlari tushirilgan 29, 30,31,32 raqamli qoyalarning orasida yuzaga kelgan kichik va yirik o‘lchamli, ikki ko‘zdan iborat qoyaosti bo‘shliqda kashf qilingan. Yarim ochiq g‘orni eslatadigan bu bo‘shliqning devorlarini tashkil qilgan qoyalar ustida tarixning turli davrlarida chizilgan yuzlarcha qoyatosh tasvirlar mahsulotlarining qadimgi namunalari saqlangan suratli qoyalarning yarmigacha bo‘lgan kichik sohada markaziy o‘rinda bo‘lgani sababli, devorlarida va ularga birlashgan tog‘larda ko‘p sonli qadimgi tasvirlar saqlanganligi uchun Kobuston qoyatosh tasvirlarining ilk tadqiqotchisi I.M.Jafarzoda tomonidan bu yerga „Ona g‘or“ nomi berilgan va „Ona g‘or“ning 100 kv.metr maydonga ega yirik o‘lchamdagi g‘arb qismi arxeologik qazilma ishlari olib borish bilan tadqiq etib o‘rganilgan.[6]
  • „Kaniza“ manzili
  • „Ovchilar“ g‘ori
  • „Ho‘kizlar“ manzili
  • „Ho‘kizlar-2“ manzili
  • „Toshosti“ manzili
  • „Kiyik“ manzili
  • „Qoya orasi“ manzili
  • „Qoya orasi-2“ manzili
  • „Jayronlar“ manzili
  • „Firuz-1“ manzili
  • „Firuz-2“ manzili
  • „Shunqor“ manzili.[6]

Qadimgi kobustonliklar[tahrir]

Etnik kelib chiqishi[tahrir]

1972-yilda Kobustonda olib borilgan arxeologik qazilmalar natijasida o‘n ikki inson skeleti topilgan. Firuz manzilida ochilgan so‘nggi mezolit davri qabridagi insonlarning bosh suyaklarining antropologik tuzilishi, ularning ilmiy tadqiqoti vaqti muayyan bo‘lgandiki, ular zamonaviy ozarbayjonlarning ajdodlaridir.[7]

Mashg‘ulotlari[tahrir]

Ibtidoiy insonlar hayot uchun kurash asosini ochidan o‘lmaslik uchun yegulik qo‘lga kiritish tashkil qilardi. Buning uchun qadimgi kobustonliklar turli meva va o‘simliklar yig‘ishga, hayvon ovlashga majbur bo‘lardilar. Qurol (oddiy tosh va tayoq) oddiy, ov esa osonlik bilan taslim bo‘lmaydigan o‘t va go‘sht yeyuvchi hayvonlar bo‘lmagan. U vaqtlar ovchilik qurshab olish yo‘li bilan amalga oshirilar edi. Kobustonliklar katta to‘da bo‘lib ovga ketishar, o‘tloqlardagi hayvon to‘dalarini quvib,Buyuktosh, Kichiktosh va Jingirtog‘ ustiga chiqarishar, keyinchalik esa orqa tarafini kesib, ularni jarlik tomonga siqishtirardilar. Hurkiga hayvonlar o‘zlarini tahlikadan xalos qilish uchun tog‘dan otilar va ovchilarga yem bo‘lardilar. Bu jarayonni aytish oson bo‘lsa ham, amalga oshirish qo‘rqinchli va qiyin edi. Ming yillar davomida qurshab olish yo‘li bilan ov qilgan kobustonliklar keyinchalik o‘q ixtiro qilgan, keyinchalik cho‘l hayvonlarini xonakilashtira olganlar.

Dengizga yaqin hududda yashagan Kobuston qabilalari baliq ham ovlaganlar. Ichimlik suvidan biroz chetda yashaganlarning joylarini suv bilan taʼminlash imkoni bo‘lgan. Uning uchun kobustonliklar g‘orlarning yonida yerga botgan katta va tekis qoyalarini tosh bilan urib o‘yar, yirik suv hovuzlarini yasar edilar. Bu hovuzlar yomg‘ir suvi bilan to‘lar va navbatdagi yomg‘irgacha qabilaning ehtiyojlarini qondirardi. Yomg‘ir suvini har tomondan hovuzga quyilishi uchun qoya ustida chuqur kanallar ochilardi. Bu kabi hovuzlar Buyuktoshda „Ona g‘or“, "Ovchilar g‘ori " turar-joylari yonida bor.

Qadimgi kobustonliklarning eng asosiy mashg‘ulotlardan biri ham tosh ashyolar tayyorlash bo‘lgan. Ular daryo toshlaridan bolg‘alar, pichoqlar, chaqmoq toshlardan mayda pichoqlar, o‘q kashf qilgach esa o‘qlarning tosh uchlarini va boshqalarni yasardilar. Ko‘p vaqtlar ularning asosiy mashg‘ulotlaridan biri ham bezak ashyolari yasash edi. Bu kabi buyumlar asosan tosh va suyakdan yasalardi. Kobustonda ochilib tadqiq qilingan qabrlardan va turar-joylardanh topilgan bezak buyumlari ichida yoqadan osilgan tosh, yovvoyi to‘ng‘iz va boshqa hayvonlar tishlari, usti naqshlangan suyak bo‘yinbog‘lar, turli munchoqlar va b, bor. O‘rta tosh davrini tamsil etgan bu buyumlar va bezak ashyolari bugun uchun juda oddiy ko‘rinsa ham o‘sha vaqt uchun yetarlicha qiyin va katta badiiy did talab qiluvchi mehnat mahsuli edi. Keyingi davrlarda kobustonliklarning chorvachilik va g‘allachilik xo‘jaligiga o‘tishi uchun qadimdan meros qolgan mehnatlari va tajribalari juda muhim tamal hisoblanardi.[7]

Qoyatosh tasvirlari[tahrir]

Buyuktosh tog‘ida 8 raqamli qoyadagi kema tasviri

Qadimgi kobustonliklarning qaysi tilda gaplashishlari yoki umuman gapirib-gapirmaganlari fanda bahs tug‘dirgan masalalardandir. Lekin ular o‘zlaridan meros qoldirgan tasvirlar vositasi bilan bugun ham o‘zlari, turmushlari haqida maʼlumot bermoqdalar.

Ming yillar davomida bir-birining ortidan kelgan nasllar tomonidan 1000 ga yaqin qoyada qayta-qayta chizilgan, bir-birini takrorlagan va takrorlamagan 4-5 mingdan ortiq hayvon, inson rasmlari, hayotiy muammolar, ov va raqs sahnalari juda qadimiy rassomlik maktabi ijodkorligidir.[8]

Rasmlarning bir qancha qismi turar-joylarning devorlarini tashkil qilgan yirik qoyalarda, baʼzan esa eski rasmlarning ustidan chizilgan. Qoyalardagi tasvirlar ilk vaqtlarda tabbiy kattalikda chizilgan hayvon va inson rasmlari bilan boshlab, so‘ngra ora-sira, goh sxematiklashtirilgan, goh kichraytirilgan, goh tasvirlangan hayvon va insonlarning o‘z o‘lchamlariga yaqinlashtirilgan. Chiziqlar bilan ifodalangan rasmlarda hayvonlarning va insonlarning badan tuzilishidagi nisbatlar katta mahorat bilan tushirilgan. Qadimgi rasm ustalari tasviri katta mahorat talab qiluvchi kiyik kabi hayvonlarning rasmini chizib, bu vazifaning uddalay olganlar. Hayvon va insonlarning turish maneralari rasmlardagi dinamizmdan ochiq ravshan ko‘rinib turibdi.

Kobuston rasmlarida diqqat tortgan xususiyatlardan biri ham shuki, ovchilik bilan shug‘ullangan insonlarning oyoqlari qavariq shaklda tasvirlangan, ularning boshlari nisbatan kichraytirilgan va qiyofa qismlari — burun, og‘iz, ko‘z, quloq va boshqalar ko‘rsatilmagan. Mutaxassislar buni rasm chizganlarning bu qismlarni yaxshi chiza olmaganliklari bilan izohlash mumkin emasligini qayd qiladilar. Chunki rasm sohasida ular bundan qiyinroq va murakkab vazifalarni uddalaganlar.

Qoya tasvirlarida qabila hayotining deyarli barcha jabhalari o‘z aksini topgan. Qurshab olish yo‘li bilan ommaviy ovchilik o‘q kashf qilingach shaklini o‘zgartirsa ham, bir muddat o‘z ommaviyligini yo‘qotmaydi. Bu Buyuktoshdagi 45 raqamli qoyada tasvirlangan o‘q bilan ommaviy ov sahnasidan bilish mumkin. „Yetti go‘zal“ g‘orida chizilgan rasmlardan maʼlum bo‘ladiki, ovchilikda ayollar ham ishtirok etgan. Buyuktoshda 126 raqamli qoyadagi rasm ham katta qiziqish uyg‘otgan tasvirlardandir. Bu yerda bir erkak bir ayol qo‘lidan tutib, olib borishni istamoqda, lekin ayol borishni xohlamayapti. Rasmdagilarning har ikkisi o‘rta yoshdagi insonlardir. Bu kabi sahna 128 raqamli qoyada ham bor. Bu tasvirdagi kishi o‘q va tayoq bilan qurollangan. Buyuktoshdagi 8 raqamli va bir qator boshqa qoyalarda ko‘p kemalar tasvirlangan. Bu kemalarning burnida shu’lalangan quyosh surati chizilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, kobustonliklar kema orqali dengizga bora olardilar. Bu kema tasvirlari ularning Old Osiyo va Yaqin Sharq o‘lkalari bilan tijorat aloqalari bo‘lganini bildiradi. Buyuktoshdagi 258 raqamli qoyada o‘ng qo‘lida uchishga tayyorlangan lochin bo‘lgan otliq rasmi tasvirlangan. Bu yerdagi 45 raqamli qoyada chizilgan sigir rasmi bo‘ynida arqon bo‘lishi kobustonliklarning cho‘l hayvonlarini xonakilashtirishidan xabar beradi. Bularning barchasi go‘yo kobustonliklar turmushi haqidagi go‘zal albomga o‘xshaydi.[9]

Kobuston Ozarbayjon rasm madaniyatining ilk o‘choqlaridan biri bo‘lganidek, qadimiy raqs va musiqa madaniyati shakllangan hududlardan biri hamdir. Kobustondagi suratlarda raqs marosimi tasvirlari alohida o‘rin egallaydi. Ommaviy raqslar hozirgi ozarbayjonlarning Yalla raqsini eslatadi. Bu raqs o‘z vaqtida qabilaning estetik didini taʼminlash bilan birga, ov vaqti nishonga barcha bilan birga bir onda zarb berish va bu bilan ham ov tajribalarini oshirishga yordam berardi.

Qovoltosh[tahrir]

Buyuktosh va Jingirtog‘da bo‘lgan va „Qovoltosh“ deb nomlangan tosh musiqa asboblari qadimgi kobustonliklarning katta ixtirosi sifatida tan olinadi. O‘qning kashf etilishi qabila odamlarining moddiy taʼminoti uchun qanchalar lozim bo‘lsa, zarb musiqa asboblari — „Qovoltosh“ning yaratilishi ham musiqa didlarini taʼminlash, raqs va qo‘shiq marosimlarini tashkil qilish uchun juda muhim edi. Qadimgi insonlar bo‘yi ham 2 metrga yetardi.

Jingirtog‘dagi „Qovoltosh“ning tuzilishi shunday: tepalik bag‘rida yostiq kabi ikki yirik tosh ustida uchin tosh mavjud. Bu tosh ostidagi toshlardan silliqroq. Ostidagi toshlar bilan ust tosh orasida bo‘shliq bor va soy bilan yelvizak qiluvchi havo oqimi bu bo‘shliqdan o‘tadi.

Buyuktoshdagi „Qovoltosh“ tuzilishi biroz farqlansa ham, prinsip bo‘yicha bir xil. Asbob doimo havo oqimi o‘tgan darada yasalgan. Qoya ustidagi yirik tekis tosh ostiga bir tomondan tosh tirsak qo‘yilgan. Har ikki qovoltosh kichik tosh bilan urilganda mis kabi jiringlagan ovoz beradi. Bu muhtasham musiqa asboblari bugun ham o‘z joylarida turadi va o‘z shakllari, g‘ayrioddiy ovozlari bilan qo‘riqxonaga kelganning katta diqqat va eʼtiboriga sazovor bo‘ladi.

Filmografiya[tahrir]

  • Kobuston (film, 1967)
  • Toshlar orasida (film, 1976)
  • Haq dargohi (film, 1991)
  • Kobuston (film, 1991)
  • Kobuston (film, 1997)
  • Kobuston (film, 2005)

Rasmlar[tahrir]

Shuningdek qarang[tahrir]

Videolar[tahrir]

Adabiyotlar[tahrir]

  • Azərbaycan arxeologiyası. İ cild. Bakı,2008.
  • Rüstəmov C.N. Qobustan dünyası. Bakı,1994.
  • Rüstəmov C.N. Oobustan petroqlifləri. Bakı,2003.
  • Rüstəmov C.N., Muradova F.M. Oobustan petroqlifləri. Bakı,2003.
  • Azərbaycan tarixi 6-cı sinif dərsliyi.

Manbalar[tahrir]

  1. Azərbaycan Respublikasının Yunesko yanında daimi nümayəndəliyi
  2. Qobustan dövlət tarixi-bədii qoruğu ərazisində yerləşən tarixi və mədəni sərvətlərin qorunması haqqında AZƏRBAYCAN RESPUBLİKASI PREZİDENTİNİN SƏRƏNCAMI
  3. AZƏRBAYCAN RESPUBLİKASI QOBUSTAN RAYON İCRA HAKİMİYYƏTİ
  4. Azərbaycan Milli Elmlər Akademiyası
  5. Qobustan abidələri
  6. 6,0 6,1 Azərbaycan Tarixi (yeddi cilddə), I cild, Bakı, 2007, səh 264
  7. 7,0 7,1 Ə. Cəfərov — İnsanlığın səhəri, Bakı, 1994, səh 61
  8. R. Ə. Babaxanov — Qobustanı gəzərkən, Azərbaycan abidələri dərgisi, № 1, Bakı, 1984, səh 54
  9. R. Ə. Babaxanov — Qobustanı gəzərkən, Azərbaycan abidələri dərgisi, № 1, Bakı, 1984, səh 57