Kobul amirligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kobul amirligi - Durroniylar davlati parchalangandan keyin vujudga kelgan afgʻon amirligi (19-asr). Asoschisi — amir Doʻstmuhammadxon. 19-asrning 30-yillarida amirlik hududi shim.dan jan.ga Parvondan Mukurgacha va gʻarbdan sharqqa Bomiyondan Xaybar dovonigacha choʻzilgan. Qulay geografik joylashishi uning yuksalishiga imkon bergan. Kobul amirligini amir boshqargan. Yollanma qoʻshin yordamida amir bosqinchilik urushlari olib borgan, xalq qoʻzgʻolonlarini bostirgan. Afgʻon amirliklari orasida Kobul amirligi eng kuchlisi hisoblanib, 19-asrda Afgʻoniston davlati bir-lashuvi jarayoni markazi boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil