Ko‘ro‘g‘li haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻroʻgʻli haykali (ozarbayjoncha: Koroğlu heykəli) — Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida, Azadligʻ va Vagif shoh koʻchalari chorrahasida, qahramon nomidagi bogʻda joylashgan Koʻroʻgʻli xalq eposi qahramoniga oʻrnatilgan yodgorlik. Yodgorlik 2009-yilda demontaj qilingan Prokofiy Japaridze haykali oʻrniga oʻrnatilgan[1].

Yodgorlik muallifi Ozarbayjon xalq artisti Tokay Mammadovdir. Bokuda Koʻroʻgʻli haykali oʻrnatish buyrugʻi 2009-yilda berilgan. Yodgorlikning ochilishi 2012-yil 21-fevralda boʻlib oʻtgan. Ochilish marosimida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]