Koʻzoynakli ilon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻzoynakli ilon (Naja naja) - kapcha ilonlar guruhiga mansub ilonlarning bir turi. Oʻz. 1,6—2 m. Xavf tugʻilganida kengayadigan boʻynining orqa tomonida koʻzoynak shaklidagi oqish rasm boʻladi (nomi shundan olingan). Hind K.i.ining "koʻzoynak" rasmi bitta halqadan iborat. Jan. va Jan.-Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Toshlar va butalar orasida, termitlar va kemiruvchilar inida, baʼzan harobalarda yashaydi. Daraxtlarga urmalab chiqadi, suvda yaxshi soʻzadi. Kunning 2-yarmida va kechqurunlari faol. Suvda va quruklikda yashovchilar, kemiruvchilar, baʼzan qushlar va b. sut emizuvchilar bilan oziqlanadi. 8—45 ta tuxum qoʻyadi. Oʻta zaharli. Zaharidan tibbiyotda kapcha ilonlar zahariga qarshi zardoblar olishda va b. maqsadlarda foydalaniladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil